Qabr ziyoratidagi makruh amallar
281

Sarvari koinot Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida Islom dini aqidalari, ahkomu usullarini sahobai kiromlarga mukammal ravishda yetkazganlar. Sahobalar, tobeinlar, tabaa tobeinlardan tortib to bizning asrimizgacha o‘tgan Islom ummati ulamolari, musulmonlarga Alloh qodir qilguncha shariat ahkomlarini tushuntirish, Islomga kirib qolgan bid’at va xurofotlar hamda irim-sirimlarga qarshi jiddiy kurashishda zo‘r mahorat ko‘rsatib kelganlar. Lekin shunga qaramay, musulmon xalqi o‘rtasida hanuz dinga zarracha aloqasi bo‘lmagan ba’zi bir urf-odatlar, asossiz e’tiqodlar hukm surib kelayotganligi achinarli bir holdir.
“Fatavoi Ixtiyor “ kitobida qabriston ziyorati bo’yicha ba’zi makruhlar keltirilgan, shulardan:
- Qabrni bosish;
- Qabr ustida o’tirish;
- Qabristonga mevali daraxt ekish;
- Qabr ustida uxlash;
- Ayollarning mahramsiz holda begona kishilar bilan birgalikda ziyorat qilish
عن عائشة رضي الله عنها قالت: كنت ادخِل بيتي الذي فيه رسول الله صلى الله عليه وسلم واني واضعُ ثوبي و اقول: انما هو زوجي و ابي فلما دفن عمر رضي الله عنه معهم فو الله ما دخلته إلا و انا مشدودة على ثيابي حياء من عمر.( رواه احمد )
Oisha roziyollohu anhodan rivoyat qilinadi: ,, Rosululloh sollollohu alayhi va sallam bo’lgan uyimga kirdim, meni kiyimlarimni ba’zilari ochiq edi. Men aytardim albatta bu mening erim, bu esa mening otamdir. Umar roziyollohu anhu ular bilan birga dafn qilinganlarida, Umar roziyollohu anhudan hayo qilganim uchun kiyimimga o’rangan holda kirdim ‘’ dedilar.
- Qabriston o’tlarini sotish, faqat pulini qabriston uchun ishlatsa sotsa joiz;
- Qabrtoshga o’lim va ismni yozish (imom Molik mazhabi)
- Qabr oddiy, tabbiy holda tursa, yoqqan qor-yomg’irdan, qabrda o’sgan o’t- o’lanlardan qabr ichidagi mayyitga foysida tegadi.Qabr ustini turli narsalar bilan yopganlar esa mayyitni bu xayrdan mahrum qiladi. Ustida unib turgan, qurimagan o’t-o’lovni uzish makruh ishlardan hisoblanadi.Chunki ular unib turibdimi, Alloh taologa tasbeh aytib turadi. Bularni uzishdan Rosululloh sollollohu alayhi vasallam qaytarganlar.
O‘z navbatida ta’kidlash joizki, barchamizning oxirgi boradigan manzilimiz bo‘lgan qabristonlarni qarovsiz tashlab qo‘ymaslik kerak. Avvalo, o‘tganlarni tartib bilan dafn qilib, yurish uchun alohida yo‘lakchalar qilish, manzarali daraxtlar ekish va toza-ozoda saqlash lozim. Yovvoyi yoki uy hayvonlari qabristonga kirib qabrlarni oyoqosti qilmasligi uchun kerakli choralar ko‘rish, iloji bo‘lsa atrofini o‘rash maqsadga muvofiqdir.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, dinimizda joiz bo‘lgan ishlarni, jumladan qabr ziyoratini ham sunnatga va ulamolarimizning tavsiyalariga muvofiq bajarsak, ko‘zlangan savob va maqsadlar hosil bo‘ladi. Aksincha bid’at-xurofotlarning izidan ketib, nafaqat dinimizda buyurilmagan, balki man qilingan ishlarni qilishda davom etilsa, dunyo va oxiratda isrof, qiyinchilik va azobga sabab bo‘ladi.
Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin, turli bid’at xurofotlarga ergashishdan asrasin!
4-b guruh talabasi Kenjayev Abdussomad
