O’zining bandalaridan qodir bo’lganlariga haj qilishni farz etgan Alloh taologa U zotning kamoliga yarasha hamdu sanolar bo’lsin!

Haj ibodatini ummatlariga o’rgatibgina qolmay uni o’zlari ado qilib ko’rsatib bergan Payg’ambarimizga salovotu salomlar bo’lsin.

Haj  ibodati Islom dinining besh ruknidan biri hisoblanadi. Sahih hadisda Payg’ambarimiz (sav) “Islom besh narsaga bino qilingan”. “La ilaha illalloh. Muhammadur rasululloh” deb shahodat keltirish, nomoz o’qish, zakot berish, Ramazon ro’zasini  tutish va Baytullohni haj qilish” deganlar. Baytullohni haj qilish besh rukndan biri ekani ushbu hadisdan ochiq oydin ko’rinib turibdi.

Uning farzlariga Quroni karimning o’zi dalil. Oli Imron surasining 97- oyatida Alloh taborok va taola marhamat qilib aytadiki

ولله على الناس حج البيت من استطاع ٳليه سبيلا ۚ ومن كفرفٳن الله غنى عن العلمين۝                                   Odamlardan yo’lini topganlarga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdur. Kimki kufr keltirsa Alloh olamlardan behojatdir.

Ushbu oyati karima bilan haj ibodati farz bo’lgan. Ma’noning o’zida bilinib turibdiki, haj ibodati hammaga ham farz bo’lavermaydi. Balki “Odamlardan yo’lini topganlarga” farz bo’ladi. Ular kimlar? Ular sog’ligi yaxshi, hajga borib kelishga oilasidan oshirgan mablag’i bor, yo’lda xavf- xatar yo’q, ayol kishi bo’lsa mahrami bor shaxslardir. Ushbu shartlarni o’zida mujassam etgan har bir musulmonga umrida bir marta haj qilish farzdir.  Ular imkoni bo’la turib, haj qilmasalar, katta gunoh qilgan bo’ladilar. Shuning uchun ham oyatning oxrida “Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir”, deyilyapti.

Yani kimki imkoni bo’la turib, haj qilmasa Allohga buning zarari yo’q. Chunki, U butun olamlarga, jami borliqqa va umuman hech kimga hojati yo’q, zot. Binobarin, qilmaganlarning toatiga ham behojatdir, Bu yerda imkoni bo’la turib, haj qilmaslik kufrga tenglashtirilyapti.

Hadisi shariflarning birida:

عن على رضى الله عن النبى صلى الله عليه وسلم قال׃من ملك زادا وراحلة تبلغه ٳلي بيت الله ولم يحج فلا عليه أن يموت يهوديا أو نصرانيا وذلك لقول الله فى كتابه ﴿ولله على الناس حج البيت من استطاع ٳليه سبيلا ﴾ ۞

Ali (r.a.)dan rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v) “Kim zod va uni Baytullohga eltadigan rohilaga ega bo’lsa-yu, haj qilmasa, uning yahudiy yoki nasroniy holida o’lishining farqi yo’q”, Bu Allohning o’z kitobida  “Odamlardan yo’lini topganlarga Alloh uchun baytni haj qilmoq burchdir”degani uchundir, dedilar.

Bu hadisdan imkoni bo’la turib haj qilmaslik katta gunoh ekani kelib chiqadi. Bas, imkonini topib, o’zida haj shartlarini mujassam qilgan odam tezda haj ibodatini qilishga shoshilishi lozim.  Kiyin turli bahonalar chiqib haj qila olmay o’lib ketsa, katta xayr va barokatdan mahrun bo’lgan holda ketadi. Hadisi sharifning tabiriga etibor bersak, haj qilish imkoniga ega bo’lib, uzursiz haj qilmagan odam nafaqat xayr va barokatdan mahrum bo’ladi, balki o’ta noqulay holda qoladi.  Chunki “Allohning amrini bajarmagan bandadir”.

Hajning mukofoti haqida hadisi sharifda keladiki:

عن أبى هريرة رضى الله عنه عن النبى صلى الله عليه وسلم قال׃ من حج لله فلميرفث ولم يفسق رجع كيوم ولدته أمه

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) “Kim Alloh uchun haj qilsa, faxsh so’z aytmasa va fisqu – fasod qilmasa, xuddi onasi tuqqan kunidek qaytadi” dedilar.

Yani, haj davrida uyat so’zlarini aytmay fisqu fasod ishlarni qilmay yurgan kishilar xuddi onadan tug’ilgandek begunoh holda qaytadilar. Bu haqiqatni hajga boruvchi har bir kishi eng zarur narsalar qatori qalbiga  singdirib olmog’i lozim. Haj odatda kishiga umrida bir marta beriladigan fursat.  Undan har bir hoji unumli foydalanishi lozim. Buning uchun hajga jo’nashdan oldin haj safarida o’zida lozim bo’lgan narsalarni yaxshilab o’rganib olmog’i kerak.

Alloh  tabaroka va taolo barchamizga Uzi rozi bo’ladigan holda  haj qilishni  nasib etsin!

Nurillaev Abdumannon

 “Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti

4-kurs talabasi