Islomda sog’liqni saqlashga e’tibor va bu borada sunnatga amal qilishning ahamiyati

40

“Uzoq umr ko’rish   o’z-o’zidan bo’lmaydi, 

  balki organizmni muntazam  ravishda

 chiniqtirish, vaqtida ovqatlanish ayniqsa

bekordan-bekorga asabiy bo’lmaslik darkor”.    

      Abu Ali ibn Sino

 

Islom dinini faqat butun insoniyat hayoti va yashash tarzi bilan bog’liq muammolar yechimini hal qiladi, balki ularning shaxsiy hayoti bilan bog’liq ruhiy va jismoniy ehtiyojlariga qaratilgan chora-tadbirlar hamda ko’rsatmalarga ham jiddiy e’tibor beradi. Bunga har bir insonning ovqatlanish, kiyinish, yashash va o’zaro muomala tarzini ilohiy ko’rsatmalardan chetga buradigan, orzu va havaslarga taalluqli holatlarni misol keltirish mumkin. Shu bois inson hayotini bezaydigan oliy janob axloq-odob me’yorlari unutilib, ochko’zlik va baxillikka olib boruvchi dunyoparastlikka ham moyillik kuchayadi. Shundan inson bora-bora o’rtaxollik va mo’tadillik bilan yo’g’rilgan islomiy me’zon va odob-axloq me’yorlaridan uzoqlashib yashashga ko’nikma hosil qiladi.

Islom dini ta’limoti jism va nafs ehtiyojini muvofiqlashtirish, biri ikkinchisiga tajovuz qilmaslikka chaqiradi. Jism va nafs ehtiyoji belgilangan suratda qondirilsa, insonga bu dunyo va oxirat uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarni ado etish masalasi yengillashib boradi. Inson uchun badaniy ehtiyojlar va ruhiy- ma’naviy talablar yechimlar to’g’ri hal etilmas ekan, o’zaro muvofiqlik yo’li tutilmas ekan, dunyo hayoti ham, oxirat saodati ham birday bor beriladi.

Islom ta’limotiga ko’ra, inson yashashi uchun jismoniy va ruhiy-ma’naviy ehtiyoj bir xil zarurat bo’lib, tarki dunyolikni ham, hoyu havaslarga qul bo’lib yashashni ham inkor etadi.

Sog’lom turmush tarzini tavsiflovchi me’zonlar faqat yuqorida sanab o’tilgan sifatlar doirasi bilan chegaralanib qolmasdan, inson hayotining iqtisodiy jihatlarini jumladan: yashash darajasini, moddiy ta’minotini, ijtimoiy tomonlarini: hayotining sifati, yashash sharoitlarini va nihoyat ma’naviy-ruhiy tomonlarini: tarixan shakllangan milliy an’analarga, urf-odatlarga amal qilib yashashini, har bir shaxsning aynan o’zigagina xos yashash uslubi kabilarni ham qamrab oladi.

Sog’lom turmush tarzi — bu faol mehnat, ijod og’ushida yashash, kuchli jismoniy va ruhiy yuklamalarni, o’ta xavfli va zararli ta’sir ko’rsatuvchi omillarni yengil ko’tara oladigan har tomonlama taraqqiy etgan shaxsning shakllanish jarayonidir.

Falsafa va ijtimoiy gigienaga oid adabiyotlarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish muammolariga so’ngi paytlarda katta e’tibor berilmoqda. Bu masalaning ijtimoiy-ruhiy, tibbiy-gigienik, iqtisodiy, shaxsning o’ziga aloqador motivatsion tomonlari tadqiq etilmoqda. Biroq, sog’lom turmush tarzining metodologik muammollari va ijtimoiy-gigienik mezonlari ayrim mintaqalarning o’ziga xos tomonlari, iqlimiy-geografik sharoitlari, aholi turmush madaniyatining etnik xususiyatlari yetarlicha o’rganilgan emas.

Sog’lom turmush tarzini shakllantirishga inson hayot faoliyatida tibbiy-gigienik, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jihatlarning payvasta bo’lib birlashuvi orqali erishish mumkin. Kundalik turmush inson salomatligiga, uning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga qanday ta’sir o’tkazib borishini bilish kerak. Boshqacha aytganda, tibbiyot xodimlari har bir kishi to’g’risida, uning turmush tarzi, mehnatining xususiyatlari, oilaviy, maishiy ahvoli ta’limoti to’g’risidagi aniq axborotga ega bo’lishlari lozim. Mohiyat e’tibori bilan muhim bo’lgan bu qoida gigienistiklardan aholi salomatligiga ta’sir ko’rsata oladigan jamiki ijtimoiy omillarni bilishni talab qiladi.

“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti

4 – kurs talabasi Jo’rayev Jasurbek