ISLOMDA HIJRAT TUSHUNCHASI
34

Alloh taoloning oxirgi va mukammal qiyomatgacha boqiy qoluvchi barcha zamon va makonlarga xos insoniyatni ikki dunyo saodatiga etaklovchi Islom dinini insonlarga etkazish uchun va ularga oxiratdagi jannat va do’zahdan iborat o’rinlaridan xabar beruvchi qilib yuborilgan Payg’ambarimiz s.a.v. o’z ustiga yuklatilgan bu vazifani to’liq ado etish yo’lida turli xil musibatlarni azob va qiynoqlarni boshidan o’tkazdilar. Lekin bu qiyinchiliklar Payg’ambarimiz s.a.v.ni tablig’dan iborat vazifasini ado qilishdan to’sib qo’ymadi. U zot bu yo’lda o’zlarining sobitqadamligi bilan atrofidagi va kelguvsi ummatlarga o’zlarining amaliy ta’limini berar edilar. Ibodat masalalarini o’zlari bajarib, ummatlariga ko’rsatib:
Ya’ni, “Men namoz o’qiganimdek namoz o’qinglar”, deb ta’lim bergan zot da’vat yo’lidagi aziyatlarga sabr qilishligi bilan go’yoki ummatlarga zimdan “Da’vat yo’lidagi aziyatlarga men sabr qilganimdek sabr qilinglar”, deya ta’lim berar edi. Hijrat ana o’sha tablig’ yo’lida chekilgan aziyatlardan biri edi. O’z ona vatani, kindik qoni to’kilgan tuproqdan, yaqinlaridan ajrash, albatta, u zotga va u zotning atrofidagilariga oson kechmagan. Lekin Allohning buyruqlarini tamomiga etkazish maqsadida o’z yurtlarini tark etadilar. Bu esa Alloh taoloning avvalgi Payg’ambarlarda joriy qilingan odatining takrorlanishi edi. Zero, har bir Payg’ambar Alloh taolo tomonidani be’sat kelganidan so’ng qavmi ularga dushmanlik qilgan va oralaridan quvib chiqargan
Ijtimoiy tarmoqlarda yurtimiz musulmonlarini mamlakatni tark etib qonli urushlar ketayotgan hududlardagi jangari guruhlarga qo‘shilishga da’vat qiluvchi hamda ushbu amalni go‘yoki “hijrat” ekanini da’vo qilayotgan chaqiriqlar kuzatilmoqda.
Soxta da’vatchilar islom dinidagi muqaddas tushunchalarni g‘arazli siyosiy maqsadlar yo‘lida soxtalashtirgan holda talqin qilib, tinch-totuv va ozod mamlakatda, barcha ibodatlarni hotirjamlik bilan ado qilib turgan musulmonlarni qurolli to‘qnashuvlar ketayotgan mamlakatlarga chaqirmoqdalar. Hijratga da’vat qilayotganlar: “Musulmonlarning barchasiga hijrat qilish farz bo‘ldi, hijrat qilmagan kofir bo‘ladi”, deyish darajasiga bormoqda.
Musulmonlar orasida yuqoridagi da’vat va chaqiriqlarning dinimizga qanchalik muvofiq hamda to‘g‘ri ekani haqida savollar tug‘ilmoqda.
Yuqoridagi dalillardan quyidagi xulosalar qilinadi:
— mo‘min-musulmonlar qaysi mamlakatda, hatto g‘ayridinlar ko‘pchilikni tashkil etadigan yurtlarda ham emin-erkin ibodatlarini ado etishga imkon topsalar, unday diyordan hijrat qilish farz yoki vojib bo‘lmaydi;
— musulmonlar tinchlik va xotirjamlikda, ibodatlarini to‘la-to‘kis bajarib turgan diyordan musulmonlar o‘zaro urushayotgan, odamlarning joni, moli va nomusi xatarda bo‘lgan hududlarga borishlari “hijrat” hisoblanmaydi, balki fitnaga aralashib qolish sanaladi hamda shar’an man etiladi;
Xoja buxoriy o’rta maxsus islom bilim yurtining
4-kurs talabasi Bahromov Abdulhay
