Hazil va masxaraning zarari

42

Hazil bu- biror bir inson o’ziga yaqin deb bilgan insonga odatdan tashqari aytadigan gapi yoki g’ayriodatiy holatda qiladigan hatti-harakati desak, yangilishmagan bo’lamiz in shaa Alloh. Hazil asosan do’stlar orasida ko’p uchraydi. Hazillashish yaxshi, qachonki me’yordan chiqib ketmasa. Hazillashib gapirganda ham rost so’zlarni so’zlashga juda qattiq e’tibor qaratishimiz kerak.

Abu Hurayra roziallohi anhudan rivoyat qilinadi:

“Ey Allohning Rasuli! Siz biz bilan hazil-mutoyiba qilasiz” , dedilar.

“Men haqdan boshqasini gapirmayman” ,dedilar.

Yuqoridagi hadisi sharifdan ma’lum bo’ldiki, hazillashishganda faqat rost so’zlashishlik va yaxshi so’zlar bilan so’zlashishligimiz lozimdir. Hazil qilayotgan insonimizga yaxshi bo’lmagan gaplarni yoki yolg’on gaplarni gapirsak uni ko’nglini og’ ritib qo’yishimiz mumkin. Lekin afsuski manashunaqa hazillashib birovni ko’nglini og’ritishlik odatiy bo’lib qoldi. Manashunaqangi ko’ngilni xira qiladigan holatlarga chek qo’yishligimiz kerak!

Masxara bu – xorlash yo’li bilan biror insonni kulgi qilishlikdir. Masxara imo- ishora qilish yoki laqab qo’yishlik bilan ham bo’ladi. Masxara va istehzo qilish kofir va munofiqlarga xos sifatdir.

Bayhaqiy rivoyat qilgan:

’’Masxaraning zararlaridan:

  1. Masxara Alloh taoloning amriga ochiq xilofdir
  2. Masxara Alloh taoloning azobiga sabab bo’ladi
  3. Masxara inson huquqqini ochiq oydin buzishdir
  4. Masxara qalbni o’ldiradi, g’aflatga sabab bo’ladi
  5. Masxara kofir va munofiqlarning siymosidir
  6. Masxara shari’at xarom qilgan ishdir
  7. Masxara Alloh taoloning zikrini esdan chiqartiradi

Alloh taolo Tavba surasi 79-oyatida shunday marhamat qiladi:

“Mo’minlardan ko’ngilli bo’lib sadaqa qiluvchilarni va o’z kuchlari yetgandan boshqani topaolmaydiganlarni ayblaydigan va masxara qiladiganlarni Alloh masxara qiladi va ularga alamli azob bo`ladi.”

Xulosa o`rnida shuni aytmoqchimanki, hazil va mazahni o`z o`rnida o`z me’yorida qo`llashning zarari yo`q. Biroq, bu shariat belgilagan chegaradan oshadigan bo`lsa, insonlarga ozor berib qo`yilishi turgan gap. Bu ish o`ta qabih bo`lib, bundan saqlanmoqlik barcha mo`min-musulmonlarga lozimdir. Asarlarda kelishicha, mo`minning qalbi butun olam musulmonlarni unga yuzlanib namoz o`qiladigan Ka’badan ham azizroqligi aytiladi.

 Jumayev Abdulvohid

“Xoja Buxoriy” o`rta-maxsus islom bilim yurti talabasi

“Yosh ilmiy tadqiqotchi” a’zosi