MUSOBAQANING FINAL BOSQICHI

17

27 noyabr kuni «Xoja Buxoriy» o’rta maxsus islom bilim yurtida «HADIS, FIQH, AQOID» fanlari bilimdoni tanlovining FINAL bosqichi bo’lib  o’tdi.

Mazkur musobaqa “Vaqf” xayriya jamoat fondi va «HYDROLIFE BOTTLERS» kompaniyasi hamkorligidagi homiylik asosida o’tkazildi.
Musobaqada VAQF xayriya jamoat fondi fondi rahbari Yahyo domla Ubaydulloh o’g’li, homiylar va mehmonlar ishtirok etishdi.
Musobaqani o’tkazish va haqqoniy baholash maqsadida “Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti ustozlari va “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati filiali rahbarlaridan iborat hakamlar hay’ati tashkil etildi.
Qiziqarli va bahs munozaraga boy bo’lib o’tgan musobaqada natijalariga ko’ra, g’oliblarga  3 ta Samsung A71 telefoni va 18 000 000 so’m,  Qur’oni Karim va diniy ta’limga oid adabiyotlar “Vaqf” xayriya jamoat fondi  va “Hydrolife” savdo belgisi tomonidan taqdim etildi.

Tanlov natijalariga ko’ra 4-kurslar bo’yicha:
1-o’rinni qo’lga kiritgan 4-b guruh talabasi G’aybullaev Sirojiddin “Samsung A71” telefoni va kitoblar bilan taqdirlandi.
2-o’rinni 4-A guruh talabasi Xojiasrorov Ahliddin qo’lga kiritdi. G’olib 3 500 000 so’m pul mukofoti va kitoblar  bilan taqdirlandi.
3-o’rin esa   4-A guruh talabasi Ibragimov Ahmadjonga nasib etib, 2 500 000 so’m pul mukofoti va kitoblar bilan taqdirlandi.

3-kurslar bo’yicha:
1-o’rin  sohibi Uzoqov Abdumannon 3-b guruh talabasi  Samsung A71 telefoni va kitoblar,
2-o’rin sohibi  Sharobov Xurshid – 3-A guruh talabasi   3 500 000 so’m pul mukofati va kitoblar,
3-o’rin sohibi Sobirov Sardorxon  2 500 000 so’m pul mukofot va kitoblar  bilan taqdirlandi.

2-kurslar bo’yicha:
1-o’rin sohibi  Tojiev Abduxoliq 2-V guruh talabasi  Samsung A71 telefoni va kitoblar,
2-o’rin sohibi  Jo’raev Tohir 2-A guruh talabasi  3 500 000 so’m mukofoti va kitoblar,
3-o’rin  sohibi  Sharifboev Abdulatif 2-V guruh talabasi  2 500 000 so’m pul mukofoti va kitoblar bilan taqdirlandilar.
Ushbu bo’lib o’tgan musobaqa talabalarning bilimga bo’lgan qiziqishlari va intilishlarini oshirishga xizmat qiladi. Bilim yurti jamoasi musobaqa tashkilotchilari «Vaqf» xayriya jamoat fondi  va homiylarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

«Xoja Buxoriy» Matbuot xizmati