MAZHABGA ERGAŞIŞNING AHAMIYATI

2

Islom dinida diniy masalalarni töğri anglaş va amal qilişda işonçli ulamolarning ilmiy merosiga tayaniş muhim ahamiyatga ega. Mazhablar musulmonlarning fiqhiy masalalarda Qur’on va sunnat asosida şakllangan ilmiy maktablaridir.
Ayniqsa, fiqhiy masalalarni mustaqil va yuzaki talqin qiliş turli tuşunmovçiliklarga sabab bölişi mumkin. Şuning uçun oddiy musulmon kişi öz yurtida asrlar davomida şakllangan fiqhiy maktabga ergaşib, ibodat va muomala masalalarida malakali ulamolardan ta’lim olişi maqsadga muvofiq.
Mazhabga ergaşiş boşqa mazhablarni kamsitiş yoki inkor etiş degani emas. Balki ilm, tartib va işonçli ulamolarga tayaniş, turli ixtiloflarning oldini oliş va diniy amallarda izçillikni ta’minlaşga xizmat qiladi.
Şu bois diniy masalalarda özboşimçalik qilmasdan, ilm ahliga murojaat qiliş va yurtimizda keng tarqalgan Hanafiy mazhabi an’analari asosida amal qiliş muhimdir.

Alimardon Karomatov, Xoja Buxoriy örta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot kotibi