YOLGʻONCHILIK VA UNING OQIBATLARI
19

Yolgʻonchilik barcha razolatlarning aslidir. U jamiyatni parchalaydi, barcha ishlarni buzadi va oʻz egasining obroʻsini toʻkadi. Odamlar yoʻlgʻonchining gapiga ishonmay qoʻyadilar va unga biror ishni ishonib topshirmaydigan boʻladilar. Hayotning har qanday sohasida – xoh oldi-sotdi muomalalarida boʻlsin, xoh ishlab chiqarish sohasida boʻlsin, xoh maishiy xizmat sohasida boʻlsin, kishilar oʻrtasida oʻzaro ishonch boʻlmogʻi lozim. Yolǵon esa ishonchni yoʻqqa chiqaradi. Shuning uchun ham Alloh yoʻlgʻonchilarni yoʻldan adashganlar qatoriga qoʻshadi. Alloh taolo Gʻofir surasida shunday marhamat qiladi:
“Albatta, Alloh isrofchi va kazzob shaxsni hidoyat qilmas”(28-oyat)
Qurʼoni Karimda yolǵonchilarga qiyomat kuni alamli azoblar boʻlishi uqtiriladi. Alloh taolo Nahl surasida marhamat qiladi:
“Allohga nisbatan yolgʻon toʻqish uchun tillaringiz vasf qilgan yolgʻonni gapirib: “Bu halol, bu harom”, deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolgʻon toʻquvchilar najot topmaslar. Ozgina matoh va ularga alamli azob bor.” (116-117-oyatlar).
Islomda yolǵon harom va katta gunoh hisoblansa-da, undan kattaroq zararni qaytarish uchun istisno tariqasida uch holatda yolǵon ishlatishga ruxsat berilgan.
1. Odamlar orasini isloh qilish.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar orasini isloh qilgan kazzob emas. Xayrni aytadi va xayrni yetkazadi», deganlar. Xiyonat yolǵonchilikning eng yomon turidir. Uning zarari jamiyatning barcha aʼzolariga yetadi. Qaysi jamiyatda xiyonat urchisa, oʻsha jamiyat xarob boʻladi. Shuning uchun ham Alloh musulmonlarni xiyonatdan qaytargan:
2. Urushda gʻalaba qilish uchun.
Dushman bilan boʻlayotgan qurolli qarama-qarshilik hayot-mamot jangi boʻladi. Bu jangda dushman qoʻlidan kelgan barcha ishlarni, jumladan, yolǵonni ham ishga soladi. Agar askar yengilsa, barcha ummat va millat dushman asorati ostida qoladi. Shuning uchun ham koʻpchilik manfaati yoʻlida dushmanni dogʻda qoldirish uchun yolǵon gapirishga ruxsat berilgan.
3. Oilaning ahilligini saqlab qolish uchun.
Har bir jamiyatda oilaning ahilligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ahil oilada oʻsgan bolalar salohiyatli fuqaro boʻlib oʻsadilar. Ota-onaning janjallari sadosi ostida oʻsgan bolalar esa salohiyatli fuqaro boʻlishlari qiyin. Shuning uchun ham er-xotin orasidagi oʻzaro ahillik juda ham muhimdir. Ana oʻsha ahillikni saqlab qolish maqsadida er-xotinga bir-birlariga yaxshi maʼnoda yolǵon gapirishlariga ruxsat berilgan.
«Ey iymon keltirganlar! Bilib turib, Allohga, Rasulga xiyonat qilmang va omonatlaringizga xiyonat qilmang» (Anfol surasi, 27-oyat).
«Albatta, Alloh xiyonatkor va gunohkor boʻlgan kimsani suymas» (Niso surasi, 107-oyat).
Kimki yaxshi jamiyat tuzmoqchi boʻlsa, mana shu yomon odat – xiyonatni yoʻq qilishga katta ahamiyat bersa, oʻz niyatiga erishadi.
Vaʼdaga vafo qilmaslik odati ham yolǵonchilikning bir turidir.
Bu ishni qilgan kishi irodasiz, undan yaxshilik chiqmaydigan va ishonib boʻlmaydigan odam boʻladi. Vaʼdaga vafo qilmaslik odamlar orasidagi muhabbatni yoʻqotib, koʻp zararlar yetkazadi, vaqtni behuda ketkazadi va hokazo… Shuning uchun ham Paygʻambarimiz alayhissalom vaʼdaga vafo qilmaslikni «munofiqlar sifatidan» deb aytganlar:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning belgisi uchtadir: gapirsa, yolǵon gapiradi, vaʼda bersa, ustidan chiqmaydi va omonat unga ishonilsa, xiyonat qiladi», dedilar».
Buxoriy rivoyat qilgan.
Yoʻlgʻon guvohlik berish yolǵonning ijtimoiy buzgʻunchiliklarga sabab boʻladigan turlaridandir. Bu narsa kishilarning bekorga oʻlib ketishi, jabru jafo tortishi, haq-huquqlarining poymol boʻlishi kabi koʻpgina yomonliklarga sabab boʻladi. Shuning uchun ham Islom yolǵon guvohlik berishni dunyodagi eng katta gunoh – Allohga shirk keltirish bilan tenglashtirgan. Qurʼoni Karimda shunday deyiladi:
«Ey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab koʻringlar, bilmasdan, bir qavmga musibat yetkazib qoʻyib, qilganingizga nadomat chekuvchi boʻlmanglar» (Hujurot surasi, 6-oyat).
Chaqimchilik ham yolǵonning bir turi boʻlib, u oʻz egasining qalbi qoraligini, odamlar orasida dushmanchilik va xusumatdan boshqa narsa boʻlmasligini xohlovchi shaxs ekanligini bildiradi. Chaqimchiga qarshi kurashishning eng yaxshi usuli uning gapiga quloq solmaslikdir.
Xayitov Jahongir, 2-kurs talabasi
