SALOMLASHISH ODOBI
31

Salomlashish biz mo’min-musulmonlar uchun fazilatdir. Salomlashish orqali inson bir biriga yaqinlikni his qiladi. Salom berish payg’ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. Salomga javob qaytarish esa vojib sanaladi. Salomning o’ziga xos fazilatlari mavjud. Qachonki payg’ambarimiz uyga kirganlarida salom berib kirardilar. Yoki kimningdir yonidan o’tsalar birinchi salom berar edilar. Bundan tashqari, hadislarda shunday kelganki, agar kimlarnidir masjidda qiyshayib (urushib) yotganini ko’rsangiz, u ikkisini orasiga qo’shilmang, gunohlariga sherik bo’lib qolishingiz mumkin deyilgan. Mana shu paytda qavm nima qilishi kerak? Jamoat ularning oldiga borib salom berishi kerak. Mana shu ularni janjaldan to’xtatadi. Demak, salom urushayotganlarni to’xtatish uchun bir yo’l ekan.
Salom muborak sunnatlardandir. Unda Alloh taoloning go’zal ismi bor. Bir hadisda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam yo’lda ketayotganlarida bir kishi u zotga salom beradi. O’sh paytda rosululloh sollollohu alayhi vasallam tahoratsiz bo’ladilar. Shunda o’sha kishi bir devordan burilguncha payg’ambarimiz s.a.v tayammum qiladilar va javob beradilar. Bu hadis salomning e’tiborli ekaniga dalildir.
Endi, salomga javob qaytarish vojib ekan, salomga salom berilganidan qo’shimcha qo’shib qaytarish fazilatdir. Misol uchun, kimdir ,,Assalomu alaykum va rohmatulloh» desa ,,Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh» deb javob qaytarish fazilatdir.
Salom quyidagi o’rinlarda berilmaydi, biz mashhur o’rinlarni sanab o’tamiz:
-Taomlanayotgan kishiga
-Qur’on o’qib turgan kishiga
-Hojatxona va tahoratxonalarda
-Namoz o’qib turgan kishiga
Albatta, salomni yoyishni o’zimizga lozim tutishimiz kerak. Garchi, salom berilgan javob qaytarmasa ham. Bu o’rinda salom beruvchiga gunoh yo’q. Alloh barchalarimizni salomni yoyadigan kishilardan qilsin.
3-B kurs talabasi Kupaysinov Muhammadnur
