MO’MINNI HAQORATLASH
47

Islom dini har bir insonni obro’yi va sha’nini saqlashni eng muhim ishlardan qildi. U xoh umumon savob ishga yaqinlashmaydigan bir odam bo‘lsin yoki buning aksi bo‘lsin farqi yo‘q, barchani bir xil himoya qildi. Bu ham Islom dinining naqadar buyuk din ekanidan yana bir bor darakdir.
Ba’zan kishi “falon alkash” yoki “pistonchi fohisha” deb, har joyda bemalol gapirib yuradi, aslida bunday qilish shari’atga ziddir. Bu haqda hadisi sharifda shunday keladi:
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Kim o‘z birodarini bir gunohi bilan ayblasa, (u ham) usha gunohni qilmaguncha vafot etmaydi”. (Imom Termiziy rivoyati)
Ahmad ibn Hanbal aytadilar: ulamolar tavba qilgan gunohi ila ayblasa deganlar. Ya’ni, bir odamni “falonchimi, u ichib yurardi yoki fohisha edi yoki oldin shu ishni qilgandi” va shu kabi u odam tavba qilgan gunohini gapirib ayblash, sha’nini to‘kish va sharmanda qilishga olib boradigan gaplar bilan aytish yaxshilikga olib kelmas ekan. Balki, shularni gapirib yurgan odamning o‘zi ham shu gunohni sodir etmay bu dunyodan ketmas ekan. Albatta, bu nihoyatda kotta gap, e’tiborsiz qoldriladigan narsa emas. Balki, ahamiyat berib, boshqani aybini gapirib yurishdan saqlanish zarur demakdir.
Muxibullayev Saidmuhammadxon,
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi
