ISLOMDA ILM OLISHNING FAZILATI VA AHAMIYATI

13

Islom dini ilm-ma’rifatga alohida e’tibor bergan din hisoblanadi. Qur’oni Karimning ilk nozil bo‘lgan oyati ham o‘qish va ilm olishga da’vat bilan boshlangan.

Alloh taolo marhamat qiladi:

«Ayting: Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?» (Zumar, 9-oyat).

Yana:

«Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilm berilganlarni darajalarga ko‘tarur» (Mujodala, 11-oyat).

Bu oyatlar ilmning ulug‘ maqomini ko‘rsatadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar:

«Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir».

Yana:

«Kim ilm izlash yo‘liga kirsa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qiladi».

Ilm — insonni jaholatdan qutqaradi, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi, halol va haromni ajratishga yordam beradi, dinning to‘g‘ri tushunilishiga sabab bo‘ladi.

Musulmon olimlari tarix davomida matematika, astronomiya, tibbiyot va boshqa fanlarga katta hissa qo‘shganlar. Buning asosida Islomning ilmga bergan yuksak qadriyati yotadi.

Ilm Islomda eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Musulmon kishi diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rganishga intilishi, o‘z bilimini jamiyat manfaatiga xizmat qildirishga harakat qilishi lozim.

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi Homidov Hikmatulloh