VASILA BORASIDA SHUBXALAR VA UNGA RADDIYALAR
302

O’ziga vasila qilishlikga haqli zot Yaratganga hamdu sanolar va uning Rosuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bardavom bo’lsin. Biling albatta qilayotgan amallarimiz Qur’oni karim, sunnat va ijmo ummat ko’rsatmalariga muvofiq bo’lmoqligi shart va chorasizdir. Goho vasila haqida turli xil fikrlarni eshitib qolamiz. Vasila ta’rifida
,, التوسل فهو التقرب إلى الغير ؛ يقال «توسل إلى فلان بكذا » إذا تقرب إليه بشيء‘‘
Ya’ni, bir kishi biror nima bilan unga yaqinlashsa falonchi menga biror narsa bilan yakinlashdi deb aytadi ya’ni, vasila biror narsa bilan o’zgaga yaqinlashish degan ma’noni bildiradi. Istelohda esa duo ijobat bo’lishi uchun Alloh taologa Uning huzurida qadrli bo’lgan narsani qo’shib duo qilish vasila deyiladi. Masalan, Alloh taoloni nabiylari, siddiqlar, sahobalar, tobe’inlar va solih deb tanilgan kishilardir. Ba’zilar o’zlarini solih amallarini ham duolarida vasila qiladilar ya’ni, “Ey Robbim, nabiylaring haqqi hurmati duolarimni qabul qil” deb aytishlik vasila deyiladi. Alloh taolo Qur’oni karimda xabarini berdi《 وابتغوا إليه الوسيلة (Moida, 35-oyat). Ya’ni, unga Alloh taologa vasila izlanglar, deb mo’minlarga amr qildiki, O’ziga vasila izlashlariga. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham ashoblariga duolarida vasila qilishlikni ta’limini berdilar.
قد روى الترمذي عن عثمان بن حنيف رضى الله عنه » قال ان رجلا ضرير البصر اتى النبي صلى الله عليه فقال عدع الله ان يعافيني :فقال 《ان شبت دعوت وان شيت صبرت وهو خير لك 》 قال :فدعه ،فامره ان يتوضىاء فيسن الوضوء ويدعو بهذا الدعاء » اللهم اني اسألك واتوجه إليك بنبيك محمد نبي الرحمة، يا محمد اني توجهت بك الى ربي في حاجتي هذه لتقضى لي ،اللهم فشفعه في 》
Termiziyda keltirilgan hadisi sharifda Usmon ibn Xunayf roziyallohu anhu rivoyat qiladilarki: Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir ko’zi ojiz kishi kelib, “Ey rosululloh duo qiling Alloh menga shifo bersin dedi, shunda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilarki, agar hohlasang duo qilaman shifo topasan hohlasang sabr qil, sabr esa sen uchun yaxshiroq deganlarida u kishi yana duo kiling deb turib oldi bas, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyurdilarki, chiroyli tahorat qilishlikka va mana bu duoni o’qimoklikka, “Ey Robbim sendan so’rayman va senga yuzlanaman, rahmat payg’ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamni vasila qilib ey Muhammad, albatta ushbu xojatim ravo bo’lishi uchun Robbimga sizni vasila kilib yuzlandim Allohim u zotni men haqimdagi shafoatini qabul qil”, deb duo qilganlarida u kishining duosi ijobat bulib shifo tondi va ko’zi ochildi. Shu hadisi sharifga binoan duolarda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni o’rtaga qo’yib vasila qilib hojatlarning so’rashlik joiz ekanligiga dalil bo’ladi. Mulla Ali Qori o’zlarining “Manosiq”larida aytadilarki, Vasiladan murod Alloh taoloning mana bu oyatida:
يبغون إلى ربهم الوسيلة “Ular Robbilariga vasila izlarlar” deb bayon qildi. Oyatdagi vasiladan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallamdur deganlar va bu xabarga ziyoda qildilarki, ashobi quburlarni sahoba tobe’inlarni va boshqa musulmonlardan bo’lgan solih kishilarni vasila qilish joiz ekanligiga ijmo ummat ittifoq qilishgan. Salafi solihlarimizga ergashgan holda bizni zamonamizgacha tavassulni joiz ekanligiga amal qilib kelinmoqda. Shunday bo’lsada, ba’zi bir soxta salafiylarga ergashgan buzuq e’tiqodiga bid’atchilar vasilani shirk deb mo’min musulmonlarni kufurda ayblashga urinmoqdalar. Soxta salafiylarning bundan ko’zlagan maqsadi azaldan Moturidiy e’tiqodida birdamlik bilan amal qilib kelayotgan xalqimizni e’tiqodda adashgan degan tuhmat bilan ularning qalbiga g’ulg’ula solib o’z mazhabboshilariga va yurtimizdan etishib chiqkan Ulamolarimizga qarshi qilib, ularga bo’lgan ishonch va e’tiqodlaridan qaytarib xalqimizni birdamligini ko’rolmay ularning orasiga nizo va adovat solib ularning ibodatlaridagi huzur halovatni yqq qilishga urinib fitna qilmoqdalar. Albatta bunday buzuq da’volardan ogoh bo’lgan xalqimiz yurtimizda yashab o’tgan ulomolarni yo’llarini mahkam tutishib amal va e’tiqodda adashmay ibodatlarini to’la to’kis ado kilib kelmokdalar. Xususan yurtimizda fatvo bo’limini tashkil etilishi so’zimizga yaqqol dalil bo’ladi. Soxta salafiylarni buzuq da’volardan biri shuki. Allohdan boshqaga duo qilishni ham shirk deb mo’minlarni kufrda ayblashga urinmoqdalar.
ولو كان دعاء غير الله شركا وكفرا لأشكر وكفر كل مصل في صلاته بقوله :(ايها النبي )وكل من نادى احدا مثل ( يا ابي يا ولدي يا رجل )
Vaholangki, duoda chaqiriq ma’nosi bor ya’ni, bir insonni iqbolini, yuzlanishligini talab qilinadi. Masalan, ey Rosulalloh, ey otajon, ey onajon va ey o’g’lim degan so’zlarda ham duo, chaqiriq ma’nosi bor. Bir tafakkur qilaylik bu so’zni aytgan musulmonga kufur degan tamg’ani qo’yishning o’zi kufr emasmi? Iymoni bor odam hargiz bunday buzuq tuxmat da’voni qilmaydi. Bu holatni qanday qilib shirkka kufurga yoyish mumkin vaholangki, sahobai kiromlar ham vasila qilganliklari manbalardan ma’lum. Jumladan sahihi Buhoriyda:
اخرج البخاري في الصحيح عن انس ابن مالك ان عمر بن الخطاب رضي الله عنه كان إذا قحطوا استسقى بالعباس بن عبد المطلب فقال (اللهم إنا كنا نتوسل إليك بنبينا قتسقينا وانا نتوسل إليك بعم نبينا فاسقنا )
Anas ibn Molik r.a. rivoyat qildilar “Albatta hazrat Umar r,a qurg’oqchilik vaqtida Abbos ibn Muttalib ila Allohdan suv so’rab duo qilgandilar. Ey Robbim, albatta biz senga Nabiyyimizni vasila qilib suv so’raganimizda bizni suv bilan serob qilarding endi biz senga Nabiyyimizni amakisini vasila qilib suv so’raymiz bizga suvingni serob qilgin”, deb duo qilganlarida darhol yomg’ir yog’ib Alloh ularni suv bilan serob qildi. Bu misollar ham vasilaning joiz ekanligini bir dalilidir. Soxta salafiylar fitnasidan yana biri tirik insonni vasila qilinadi vafot etgan kishini vasila qilinmaydi degan da’volaridir. Aksincha tirik insondan ko’ra bu dunyodan o’tgan shaxs vasila qilishlikka loyiqroqdir. Chunki mayyit chinakam ruhdir, ruh esa tirik jismdan ko’ra Allohga yaqinroq bo’ladi. Alloh taoloni mana bu oyatida
ارجعى إلى ربك راضية مرضية
“Robbingga sen undan U sendan rozi bo’lgan holinda qayt” {Fajr, 28 -oyat} bu oyatda nafsni fazilatlik ekanligiga ishora borki, nafsga badanlaridan ajrab Allohga qaytishligiga chiroyli nido qilindi. Qiyomat kunida ham mo’minlarga shafoat joiz bo’ladi. U shafoatchilar avvalo nabiylar, siddiqlar, sahobalar, shahidlar va ulamolar bo’ladilar. Nima narsa man qiladiki, bu dunyoda ham u zotlarni shafoat qilishini, vaholangki, ularga Alloh taolo dunyo va oxiratda shafoat qilishlikka O’zi izn bergan bo’lsa. Yuqoridagi bayon qilingan habarlardan ma’lum bo’ladiki, vasilaning shar’an joiz ekanligi. Hosili kalom shuki, vasila qilayotan inson duosida e’tiqod bilan duolarimni faqat Alloh taolo ijobat qiladi, ibodat amallarida ham yolgiz yaratuvchini niyat qiladi. Bu ilmlarni yaxshilab o’zlashtirib olsak amallarimiz Alloh taoloni dargohida beriyo husni qabul bo’ladi. Aksincha johillik qilib jonliqlarni ham falon mozorga atadim desak yoki qabrlarni ziyorat qilishda qabr sohiblaridan biror hojatlarimizni so’rasak amallarimiz bekor ketadi iymonlarimiz ham xavf ostida qoladi. Shu boisdan biz mo’minlar ibodatimiz va e’tiqodimiz shariat ko’rsatmalariga muvofiq bo’lishi uchun mazhabga va yurtimizdan etishib chiqqan Ulamolarimizga ergashmoqligimiz lozim bo’ladi. Alloh taolo barchalarimizni iymonimiz taqozo qilgan ishlarda bardavom qilsin Omin!!!
Mirzonazar XUSANOV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi
