“OITS”GA QARSHI KURASHAYLIK!

21

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni qilib 1-dekabrni belgilagan. Birinchi marta 1988-yilda JSST tomonidan eʼlon qilingan, 1996-yildan beri UNAIDS (Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha qo‘shma dasturi) tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu kun OIV infektsiyasining tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS epidemiyasi haqida xabardorlikni oshirish, dunyo bo‘ylab ko‘plab davlat, jamoat va tibbiyot tashkilotlari shu kuni o‘quv va diagnostika tadbirlarini o‘tkazadi.

OIV – Odam immunitet tanqisligi virusi (HIV). Bu virus odamning immun tizimini zaiflashtiradi.

OITS – Olingan immun tanqisligi sindromi (AIDS). Bu OIV infeksiyasining eng oxirgi, eng og‘ir bosqichi. Bu kasallikka hali hanuz davom topilmagan, afsuski. Kasallik erta davrda aniqlansagina bemorni davolash imkoniyati boʻladi. Lekin, kasallikning yashirin davri uzoq boʻlganligi sababli uni erta aniqlashni imkoni yoʻq. Kasallik oxir-oqibat insonni oʻlimga olib boradi. Doimiy dorilar va davolanishlar yordamida odamlar yillar davomida sog‘lom yashashi mumkin.

Bu kasallik bilan dunyodagi barcha davlatlar kurashadi. OITS/OIV davolanib bo’lmas kasallik bo’lgani uchun, kasallik yuqishini oldini olishga ko’proq e’tibor beriladi. OITS/OIV 3 xil yo’l orqali yuqadi:

1) jinsiy aloqa orqali

2) qon orqali

3) onadan bolaga

OIV yuqishining oldini olish uchun bir nechta ishonchli usullar mavjud. Eng muhimi — xavfli holatlardan ehtiyot bo‘lish va profilaktik qoidalarga amal qilishdir.

Jinsiy aloqa orqali yuqishdan saqlanish. Nikoh bilan boʻlgan ishonchli turmush o‘rtog‘i bilan jinsiy hayot kechirish.Jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklarni vaqtida davolash.Qon orqali yuqishdan saqlanish.Hech qachon boshqa birovning igna yoki shpritsidan foydalanmaslik.Tibbiy muolajalar, stomatologiya faqat sterillangan asbobdan foydalanilganiga ishonch hosil qilish.Qon bilan aloqada bo‘ladigan ishda himoya vositalaridan foydalanish. Onadan bolaga yuqishning oldini olish. Shu bilan birga, homilador ayollar OIV testini o‘z vaqtida topshirishi kerak.

OITS va OIV koʻpincha jinsiy aloqadan yuqishini hisobga olsak, kishi oʻz ehtiyojini qondirish uchun uylanishi yoki turmushga chiqishi kerak. Dinimiz islomda bunga yechim sifatida nikoh qurish taklifi beriladi. Chunki, nikoh-harom munosabatlar mana shunday kasalliklarga olib kelishligini oldini oladi. Alloh taolo Qurʼoni Karimda:

وَلَا تَقۡرَبُواْ ٱلزِّنَىٰٓۖ إِنَّهُۥ كَانَ فَٰحِشَةٗ وَسَآءَ سَبِيلٗا

deb marhamat qiladi. Al-isro surasi, 32-oyat. Oyatni tarjimasi esa quyidagicha:

“Va zinoga yaqinlashmanglar.  Albatta u fohisha ish va yomon yo’ldir”. Oyatda zino qilmanglar”  emas balki  “zinoga yaqinlashmanglar” deyilmoqda. Bu degani, zino qilmanglar, degandan ko’ra qattiqroqdir.  Mo’min-musulmon odam zino qilish tugul, uning yaqiniga ham yo’lamasligi kerak.  Zinoga olib boruvchi narsalardan ham uzoqda bo’lishi lozim.)

Inson zinoga oʻzi boradi. Oʻzi tuzalib boʻlmas kasalliklarni yuqtirib oladi. Bu kasalliklar esa uni oʻlimga roʻbaroʻ qiladi. Shu yoʻl bilan inson oʻzini- oʻzi qanday oʻldirganini, joniga qasd qilganini bilmay ham qoladi. Oʻz joniga qasd qilish esa dinimizda qattiq qoralangan. Ushbu oyatlar bunga dalildir:

 

وَأَنفِقُواْ فِي سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا تُلۡقُواْ بِأَيۡدِيكُمۡ إِلَى ٱلتَّهۡلُكَةِ وَأَحۡسِنُوٓاْۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ

Baqara surasi, 195-oyat.

Va Allohning yo’lida nafaqa qiling.  O’zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling albatta.  Alloh ehson qiluvchilarni xush ko’radi. Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni o’zining yo’lida pul-mol nafaqa qilishga amr qilmoqda Bunga jihod uchun ham, boshqa xayrli ishlar uchun ham nafaqa qilish kiradi. “O’zingizni halokatga duchor qilmang” jumlasida bir necha xil ma’no bor. Biri: Allohning yo’lida nafaqa qilmay o’zingizni halokatga duchor qilmang.  Ya’ni, baxilligingiz halokatga sabab bo’lmasin degani. Yana bir ma’nosi o’zingizni o’zingiz o’ldirmang.  Bir kishi o’zining o’limiga o’zi sabab bo’lsa,  o’zini o’zi o’ldirdi,  deyiladi.

Imom Olusiy: “Ushbu oyatdan o’limga sabab bo’ladigan narsaga bormaslik kerakligi kelib chiqadi”, – deganlar.

 

وَلَا تَقۡتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمۡۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِكُمۡ رَحِيمٗا

An-Niso, 29-oyat

O’zingizni o’zingiz o’ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga o’ta rahmlidir.

Oyatlardan kelib chiqib aytamizki, inson oʻzini halok qiluvchi kasalliklar sababchisi zinodan va kasallikni oʻziga, oilasiga, yaqinlariga yuqtirishdan uzoqda boʻlmogʻi lozim.

 

Saidov Ibrohim

Xoja Buxoriy islom taʼlim muassasasi talabasi

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Tafsiri hilol, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
  2. Wikipedia.org