BAYROQNIG TARIXI
87

Bayroq — bir mamlakat yoki tashkilotni namoyish etuvchi biror rangli mato.
Avval bayroqlar faqatgina xabarlashish, signal berish kabi maqsadlarda ishlatilgan. Har bir mamlakat oʻz bayroqlariga ega boʻlishlari esa, urushlarda ikki taraf bir-biridan farqlanmoq uchun bayroq ishlatilgan. Shunday qilib har bir mamlakatning oʻz bayrogʻi paydo boʻla boshlagan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak Rum, Yunon va shunga o’xshash uzoq tarixga ega davlatlarning o’z bayroqlari bo’lgan bu bilan juda faxirlanib janglarda eng kuchli jangchilarga berib qo’yishgan va bayroq yerga tushadigan bo’lsa, qo’shin mag’lub bo’layotganini bildirgan. Shuning uchun raqib jangchilari birinchi o’rinda bayroqqa qarab hujum qilishgan.
Keyinchalik davlatlarning bayroqlari o’zgarib borgan, unga o’zlarining ramzlari bo’lgan biror hayvonning rasmini chizishgan va bu hozirgacha davom etib kelmoqda. Qanday bir tashkilot yoki sport klublari bo’lmasin o’z bayrog’i bilan tanilib kelmoqda.
1991-yil 18-noyabrda muhim ishlardan biri, bayrog’imiz qabul qilindi.
Shu yildan boshlab sport musobaqalarida, davlat tashriflarda va dunyoda sodir bo’layotgan muhim tadbirlarda bizning bayrog’imiz ko’klarga hilpirab turganini ko’rsak yuragimiz yumshab ko’zimizga yosh keladi, ayniqsa shohsupaning eng yuqorisida bizning bayrog’imiz tursa bu holatni ta’riflash qiyin albatta.
Erta qiyomatgacha bayrog’imizni dunyo shohsupalarining eng yuqorisida hilpirab turshini Allohdan so’rab qolamiz.
Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi 3-kurs talabasi Shopulatov Muhammadqodir.
