Bugungi kunda yer yuzida taxminan 8,23 milliard odam va turli manbalarga (https://hub.lampinterpreters.org/courses/religious-literacy-course/lessons/major-world-religions/) ko‘ra, 4,200 dan ortiq din mavjud.

Barcha insonning dunyoqarashi uning atrof muhitiga ko’ra shakllanadi va shunga ko’ra uning e’tiqodi belgilanadi.

Dinning 5 xususiyati bor:

1. Tushuncha berish,
2. Taskin berish,
3. Tarbiyalash,
4. Kommunikatsiya(o’zaro aloqalar),
5. Ruhiy poklash;

Bu xususiyatlar aksar dinlarda topilgani uchun ham e’tiqod qiluvchilar o’z dinlarini «eng to’g’ri yo’l» deb hisoblaydilar.

Qiziqarli tomoni shuki, buni boshqalarga ham tar’gib qilishga urunish holatlari bo’lib turadi.

Yuqoridagi xususiyatlardan xulosa qiladigan bo’lsak, din uni boshqalarning miyyasiga tiqishtirish emas, insonning o’zini ruhiy ehtiyoji uchundir.

Deylik, sizga butun dunyo ne’matlari berilsayu, dunyoda hech kim qolmasa…

Shunday hayotda yashashga rozi bo’larmidingiz?
-Albatta haminqadar.

Inson esa, ijtimoiy hayotda yashagani uchun ham inson uchundir.

Qanday qilib o’zining ruhiy ta’limotlarini chuqur anglab, shu holatda jamiyatda o’z pozitsiyasini saqlab qolish mumkin?

Bu bir so’z bilan ifodalanadi:

Tolerantlik, ya’ni bag’rikenglik.

Tolerantlikning lug’aviy ma’nosidan kelib chiqsak:

Tolelarntlik bu boshqa e’tioqdlarni hurmat qilish emas, balki ularga sabr qilishdir.

Garchi bizga o’zga e’tiqod ma’qul kelmasa ham unga bag’rikenglik bilan yondashishimiz ham fuqarolik ham insoniylik burchimizdir!

Tor ko‘ngulluk beklar, man-man damang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling.

Turdi Farog’iy

Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 1-kurs talabasi SAIDAKRAMOV SHOXJAHON