CHEGIRMAGA TAYYORMISIZ?
10

Chegirma degani-biror bir narsani ma’lum bir mavsum yoki biror sabab tufayli o’z qiymatidan bahosini kamaytirib berishga aytiladi. Alloh taolo dini islomda kichik qilingan amalga ham ulkan savoblar beradi. Shunqa qaramay, Ramazon oyi barakotidan amallarni yanada savoblarga burkab qo’ygan. Xususan, muborak Ramazonning oxirgi o’n kunligini aytish mumkin. Zero, biz ham ayni shu damlarga yaqinlashib qoldik.
Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlariga nazar soladigan bo’lsak, U zot bu oyning oxirgi o’n kunligida qolgan kunlarga nisbatan yanada ko’proq ibodat qilar edilar. Sababi oxirgi o’n kunlikka ming oydan afzal bo’lgan, bir kuni ming oyga teng, amallar chegirmaga qo’yilib ming oyning xayr-barakasiga bir kunda erishish uchun fursat qilingan kun yashirilgan. Shu tufayli ham Sayyidimiz sollollohu alayhi vasallam bu kunlari masjidda e’tikof o’tirib toat ibodat qilar, va qolganlarni ham shunga targ’ib qilar edilar.
Keling biz ham shu kunlarga avvaldan rejalar qilib, bu kunning chegirma kalitini qo’lga kiritaylik. Hozirdan taraddudimizni ko’rib, bir-birimiz bilan amallarda musobaqa qilaylik!
Anasxon TURDIBOYEV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
