UZUK TAQISH
65

Musulmon kishi har bir ish qilishidan avval qilmoqchi bo’lib turgan ishi shariatda ma’qullanganmi yoki qilinishidan qaytarilganmi, shuni bilishga e’tibor qaratishi kerak. Mana shunday qilishlik kishini xato va kamchiliklarmi avvaldan oldini olish bo’ladi va ayni vaqtda dinini puxta o’rganish va savobga etishish bo’ladi. Zero, islom shariati hech bir o’rinda insonga to’liq manfaat bo’ladigan narsadan qaytargan emas. Shunday ekan, biz musulmonlar biror bir ishni boshlashdan avval ko’ngilni to’q qilib qadam qo’ymoqchi bo’lgan ishimizga Alloh va Rosuli nima deganini ustozlardan, muhtaram imom-xatiblardan so’rab o’rganishga harakat qilishimiz darkor.
Yuqorida aytilgan mas’alalardan biri uzuk taqishdir. Musulmon kishi misol uchun, uzuk taqqisi kelsa ko’ngli tusagandek taqib ketavermasligi kerak. Avval o’ziga o’zi Janobimiz sollollohu alayhi vasallam uzuk taqqanlarni, shariatimizda uzuk taqishni hukmi qanday degan savolni berishi lozim. Shunday ekan keeling, Janobimiz uzuk taqqan yoki taqmaganliklari haqida biroz so’z yuritaylik:
عن أَنَس رَضِي اللَّه عَنْه قال: لَمَّا أَرَادَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يَكْتُبَ إِلَى الرُّومِ، قِيلَ لَهُ: إِنَّهُمْ لَا يَقْرَءُونَ كِتَابًا، إِلَّا أَنْ يَكُونَ مَخْتُومًا، فَاتَّخَذَ خَاتَمًا مِنْ فِضَّةٍ، فَكَأَنِّي أَنْظُرُ إِلَى بَيَاضِهِ فِي يَدِهِ، وَنَقَشَ فِيهِ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللَّهِ» (متفق عليه)
Bu haqida Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Rumga maktub yozmoqchi bo‘lgandilar, u zotga: “Ular faqat muhr bosilgan maktublarnigina o‘qiydilar”, deyilindi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kumush uzuk taqa boshladilar. Men hozir ham Rasululloh qo‘llarida o‘sha uzukning yaltirashini ko‘rib turgandekman va unga Muhammad rasululloh degan so‘zlarni naqshini tushirgan edilar» (Muttafaqun alayh).
Demak, Muhammad alayhissalom uzuk taqqan ekanlar. Uzuk kumishdan bo’lishi kerakligi yuqoridagi hadisdan ma’lum bo’ldi. Bu mazvuni ulamolarimiz atroflicha o’rganib, barcha hadislardan xulosa qilganlar. Shunga ko’ra uzuk taqishda ayrim jihatlarga e’tobor qaratish kerak. Ular quyidagilar:
- Uzuk kumishdan bo’lishi
- Uzukni miqdori 4,25 gr.dan oshmasligi
- Faxr uchun taqilmasligi
- Ong yoki chap qo’lga taqish joizligi
- Qo’lni aynan jimjiloq va o’rta batmoqlariga taqish kerakligini xulosa qilish mumkin.
Qisqa qilib aytganda, uzuk borasida aytmoqchi bo’lganlarimiz shulardan iborat edi. So’zimizni avvalida aytganimiz kabi Alloh taolo har boshlamoqchi bo’lib muqaddimasida turgan ishimizni dinimizdagi hukmini o’rganishga ilhom va himmat bersin, O’zi barcha musulmonlardan rozi bo’lsin!
Anasxon TURDIBOYEV
“Xoja Buxoriy” islom ta’lim muassasasi o’qituvchisi
