Makkada nozil bo‘lgan. 17 oyatdan iborat.

Ushbu surai karimaning nomi o‘zining birinchi oyatidagi “at-Toriq” so‘zidan olingandir. “Toriq” so‘zi arab tilida “qattiq urish” ma’nosida ishlatiladi. Arablar bolg‘ani mitroqa (qattiq uruvchi asbob) deb ataydilar. “Toriq” so‘zi asosan kechasi eshik qoqib, chaqirib keluvchiga nisbatan ishlatiladi.   Surai karimadagi “Toriq” lafzi aynan shu ma’noda, “kechasi keluvchi” ma’nosida ishlatilgan.

Boshqa Makkiy suralar qatori Toriq surasida ham Islom aqidasiga taalluqli ba’zi ishlar muolaja qilinadi. Toriq surasida inson o‘lganidan so‘ng o‘z Parvardigori bilan uchrashishi va Qur’on Allohning kalomi ekanligi, unga hech narsa zarar yetkaza olmasligi haqida so‘z ketadi. Insonga xitob qilinib, uni o‘ziga bir nazar solishga chaqiriladi. Aslida inson shahvat paytida ajrab chiqadigan arzimagan suv edi. Lekin Alloh uni o‘ylab-tafakkur qiladigan jonli-aqlli zotga aylantirdi. Shunday narsaga qodir Alloh o‘lgan odamni tiriltira olmaydimi? Dunyodagi barcha narsa Allohning irodasi bilan bo‘ladi.
Ushbu surai karima osmon bilan va kechasi paydo bo‘luvchi yulduz bilan qasam ichish ila boshlanib, har bir jonga muhofiz farishta biriktirilgani alohida takidlanadi.

So‘ngra esa, Alloh taolo o‘lgan insonni qayta tiriltira olishga qodir zot ekanini tasdiqlovchi hujjat va dalillar keltiriladi. Keyin bir kun kelib barcha sirlar fosh bo‘lishi, ana o‘shanda kofir va osiylarda na bir quvvat va na bir yordamchi bo‘lmasligi takidlanadi.

Shundan so‘ng osmonu-yer bilan qasam ichib, Qur’oni Karim fosil qiluvchi kalom ekanligi, hazil emasligi takidlanadi. Surai karimaning so‘ngida esa kofirlarga tahdid oyatlari keladi.  

وَٱلطَّارِقِ  وَٱلسَّمَآءِ

  1. Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.

Arab tilida kechasi keluvchi narsaga “toriq” deylishini avval ham aytib o’tildi. Masalan, arablar kechasi eshikni taqillatgan kishini ham “toriq” deb atashadi. Bu oyatdagi toriqdan maqsad nimaligi keyingi oyatda oydinlashadi.

Tafsiri Irfonda yozilishicha: Alloh taolo bandalar e’tiborini qaratish, aytilayotgan sо‘zning muhimligini ta’kidlash uchun О‘zi yaratgan turli narsalar nomiga qasam, deydi. Ushbu surada U “osmonga qasam, “toriq”qa qasam”, demoqda. “Toriq”ni mufassirlar turlicha tarjima qilishgan: ayrimlari “uchar yulduz”, ba’zilari “yorqin, porloq yulduz”, boshqalari “Zuhal”, yana birlari “kechasi keluvchi” deb о‘girishgan. Ba’zi tafsirlarda “toriq” Zuhra (Venera) yoki Surayyo yulduzidir, deyilgan. Parvardigor О‘zi yaratgan maxluqlari va narsalarining hikmatini, sifatini, mohiyatini faqat О‘zi biladi. Shuning uchun hatto О‘zi tanlab olgan, olamlarga rahmat о‘laroq yuborgan sо‘nggi Payg‘ambari ham buning nimaligini bilmasligini bayon etyapti” deyilgan.

ٱلطَّارِقُ مَا أَدْرَىٰكَ وَمَآ

  1. Toriq nimaligini senga ne bildirdi? Yani torik nimaligini qayerdan ham bilar eding. Alloh bildirmasa, senga toriq nimaligini kim ham bildirar edi. Bilib qo’y!

Tafsiri Irfonda yozilishicha: “(Ey Muhammad), “toriq”ning nimaligini qayerdan bilardingiz?” Ya’ni, ey suyukli Payg‘ambarim, Men bildirmasam, toriq nimaligini ham, boshqa yaratgan narsalarimning nimaligini ham qayerdan bila olardingiz? Alloh taolo ushbu oyati orqali О‘z Payg‘ambarini bilmaslikda ayblayotgani yо‘q, balki bu orqali inson tafakkuri Parvardigorning buyuk yaratuvchilik hikmati oldida nihoyatda ojiz va g‘aribligini, kufr egalari hamisha о‘z aqllari, о‘y-fikrlariga suyanib, Alloh azza va jallaning qudrati va hikmatini anglash-dan ojiz qolishlarini bayon etmoqda. Qur’oni karim ogohlantiryaptiki, inson-ning aqli va tafakkuri shunchalik cheklangan ekan, u bema’ni xayollar, ke-raksiz safsatalarga о‘ralashmay, о‘zining nihoyatda ojiz ekanini his etsin, buyuk qudrat egasi va tengsiz yaratuvchi Alloh taoloning О‘ziga qaytsin, najotni faqat Undan kutsin.

ٱلثَّاقِبُ ٱلنَّجْمُ

  1. U nur sochib turuvchi yulduzdir. Arabchada nur sochib turuvchi yulduzga “soqib” deyiladi. Aslida, bu so’z bir narsani teshib o’tuvchi narsaga nisbatan ishlatiladi. Yulduzlar nuri bilan qorong’ulikni teshib o’tgani uchun, ular ham “soqib” deb ataladi. Demak, “toriq”ning bu oyatlardagi ma’nosi yulduz ekan. Avval aytib o’tganimizdek, kechasi keluvchiga ham “toriq” deyiladi.

حَافِظٌ عَلَيْهَ لَّمَّا نَفْسٍ كُلُّ إِن

  1. Hech bir jon yo‘qki, uning hifz qilib turuvchisi bo‘lmasa. Ya’ni har bir odamning saqlovchi farishtasi bor. O’sha saqlovchi uni turli balo-ofatlardan muhofaza qilib turadi. Shu bilan birga, qilgan yaxshi-yomon har bir ishini ham xifz qilib — yodlab, hisob-kitob qilib turadi. Bas, shundoq ekan, har bir jon o’zini bilmog’i, to’g’ri yo’lda yurmog’i lozim. Inson bolasi hech qachon o’zidan ketib qolmasligi kerak. U oldin, o’zining nimadan paydo bo’lganiga bir nazar solsin.

خُلِقَ مِمَّ ٱلْإِنسَٰنُ فَلْيَنظُرِ

  1. Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.

 

دَافِقٍ مَّآءٍ مِن خُلِقَ

  1. U otilib chiquvchi suvdan yaratilgandir.

وَٱلتَّرَآئِبِ ٱلصُّلْبِ بَيْنِ مِنۢ  يَخْرُجُ

  1. U (suv) sulb (umurtqa) va taroib (ko‘krak suyagi) orasidan chiqadir.

Ilmiy tekshirishlar erkak kishining maniysi ikki tuxumidagi maniy yo’llaridan hosil bo’lishi ayon bo’ldi. Ikki tuxum esa ozuqani ikki tomir orqali oladi. O’sha tomirlardan biri — ichki maniy tomiri, ikkinchisi — tashqi maniy tomiri. U oyatlar insonga uning asli arzimagan, hatto, o’zi ham hazar qiladigan bir suv -maniy ekanligini esga solyapti. Ya’ni ey inson bolasi, xovliqib g’ururlanib ketma, asling nimadan ekanligini ham unutma. Seni bir tomchi haqir suvdan yaratgan Alloh taolo boshqa narsalarga ham qodir.

لَقَادِرٌ  <رَجْعِهِ عَلَىٰ إِنَّهُۥ إِنَّهُۥ

  1. Albatta U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.

Alloh albatta qayta tiriltirishga qodir. Erkakning bir joyidan, ayolning boshqa joyidan hech kо‘zga kо‘rinmay paydo bо‘lgan ikki xil suv aralashmasidan homilani yaratgan, unga jon ato etgan, eson-omon dunyoga keltirgan, kamolga yetkazgan, unga rizq bergan va bir kuni ajali yetgach yana о‘ldirgan Alloh taolo qiyomatda uni qaytadan tiriltirishga qodir bо‘lmasmidi! Alloh albatta qayta tiriltirishga qodir. Faqat Allohga ishonmaydigan, Uning oyat-dalillarini, mо‘jizalarini tan olmay yolg‘onga chiqarayotgan, bu bilan о‘zini ikki dunyo saodatidan mosuvo etayotgan kimsalargina bu buyuk haqiqatni tan olgilari kelmay yuribdi. Bundan ham ortiq gumrohlik, kaltabinlik, johillik bо‘ladimi?!

Maxsumov Maqsud

“Xoja Buxoriy” islom ta’lim muassasasi

Tafsir va Fiqh fani o‘qituvchisi

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Тафсири насафий
  2. Таъвилот ал-Қуръон
  3. Tafsiri hilol
  4. uz
  5. Tafsiri Irfon
  6. https://quronvasunnat.uz