Zulmatni nur yengadi
22

Johillik bu insonda yuzaga keladigan yomon illatdir. Bu illat bashariyatni zulmatga chorlaydi. Zulmat ichra yurgan inson esa hech narsani bilmaydi. Biror narsani bilmaslikning o’zi ilmsizlikdir. Ilmsizlik Alloh taolodan uzoqlashishga sabab bo’ladi. Allohdan uzoqlashish iymondan ayiradi. Bundan kelib chiqadiki, birgina johillikning ortidan shuncha narsa yuzaga qalqib chiqmoqda. Zikr qilinmagan holatlar qancha!
Bilamizki zulmatni nur bartaraf etadi. Nur bu ma’rifatdir.Ma’rifat johiliyat ildizlarini qirqib, kuydirib tashlaydi. Bashariyatni zulmatdan chiqarish uchun esa, Alloh taolo o’zining muborak nurli kitoblarini O’z elchilari orqali yuborib turdi. Bu haqida Alloh taolo Ibrohim surasida xabar berib, shunday marhamat qiladi:
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
- “ Laam. Ro. Bu kitobni senga odamlarni Robbilarining izni ila zulmatlardan nurga, aziz va maqtalgan Zotning yo’liga chiqarishing uchun nozil qildik.”
Bu o’z tasdiqini topib, bashariyat zulmatdan nurga chiqdi.
Xulosa qilib aytish joizki, Qur’oni Karimni mahkam ushlamog’imiz darkor. Nafaqat, Qur’oni Karim, balkim unga tobe’ bo’lgan barcha ilmiy kitoblarni o’qishimiz lozim bo’ladi. Agarda bunday kitoblarni o’qiy olmasak, hech bo’lmaganda badiiy kitoblarni o’qimoqligimiz va o’qishni tengdoshlarimizga, aka-uka birodarlarimizga tavsiya qilmog’imiz, ilm olib, ilmni yoymog’imiz biz uchun juda muhim vazifalardandir.
No’monov Muhammadyusuf
“Xoja Buxoriy” islom ta’lim muassasasi talabasi
