Giyohvandlik asrimiz – vabosi
426

Ma’lumingizkim, XXI asr global taraqqiyot asri bo`lib, insonlarga keng eshiklarni ochmoqda. Bu o`zgarish oldingi asrlardan keskin farq qilayotgani, tabiiy. Jumladan, o`tgan asrda olamshumul yangilik qilish uchun olimlar o`z sohasida yillab mehnat qilganlar va ularning oz qismigina muvaffaqiyatga erishgan. Hozirga kelib esa bunday ixtiro va yangiliklarni amalga oshirish uchun bunday uzoq vaqt talab qilinmay qo`ydi. Kimlar uchundir hatto daqiqalar kifoya qilmoqda. Albatta, tanganing ikkinchi tomoni bo`lganidek asrimizning insoniyatga xavf solayotgan ikkinchi tomoni ham bor. Giyohvandlik – XXI asrning global muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Oʻrta asrlarda insoniyat hayotiga jiddiy xavf solgan vabo va oʻlat kabi ofatlar, bugungi sivilizatsiya zamoniga kelib oʻz oʻrnini giyohvandlik illatiga boʻshatib berdi. Giyohvandlik haqida so`z yuritar ekanmiz, keling avvalo, buning tarixi bilan tanishib chiqsak.
Giyohvandlik insoniyat tarixidagi eng qadimiy illatlardan biridir. Umuman olganda, giyohvand moddalar ming yillar davomida dorivor, ma’naviy va ko’ngilochar maqsadlarda ishlatilgan. Masalan, afyundan foydalanish Mesopotamiyadagi shumerlar va ossuriyaliklar kabi qadimgi sivilizatsiyalarda kuzatilishi mumkin, u yerda og’riqni yo’qotish va behushlik uchun ishlatilgan. Xuddi shunday, nasha tarix davomida ko’plab madaniyatlarda, jumladan, qadimgi Xitoy, Hindiston va Misrda tibbiy va diniy maqsadlarda ishlatilgan. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish turli madaniy va ijtimoiy harakatlar bilan ham bog’liq. Masalan, 19-asr va 20-asr boshlarida ko’plab mamlakatlarda, xususan, Xitoy va AQShda afyundan foydalanish muhim ijtimoiy muammoga aylandi. Avvaliga, bu afyun va boshqa giyohvand moddalarni iste’mol qilish va tarqatishni tartibga soluvchi qat’iy qonun-qoidalarning joriy etilishiga olib kelgan bo`lsa, keyinchalik 20-asrning ikkinchi yarmida «Giyohvandlikka qarshi urush»(War on drugs) ni tashkil etilishiga olib keldi.
Bugunga kelib, giyohvand moddalarni iste’mol qilish butun dunyo bo’ylab muhim sog’liqni saqlash muammosi bo’lib, millionlab odamlar giyohvandlik va u bilan birga keladigan salbiy oqibatlardan aziyat chekmoqda. Zero, giyohvand moddalarning zarari ko’p qirrali bo’lib, odamlarga, oilalarga va jamiyatlarga ko’p jihatdan ta’sir qiladi. Giyohvand moddalarning asosiy zararlaridan biri bu ularning jismoniy va ruhiy salomatlikka olib keladigan zararidir. Giyohvand moddalarni iste’mol qilish bir qator sog’lig`imizga doir muammolarga, jumladan yurak kasalliklari, nafas olish muammolari, jigar va buyraklarning shikastlanishiga, ruhiy tushkunlik, tashvish va psixoz kabi kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, giyohvand moddalarni iste’mol qilish baxtsiz hodisalar, jarohatlar va ruhiy kasalliklar oqibatida inson o`zini halok qilayotganini giyohvand moddalar ta’sirida hatto sezmay ham qoladi.
Muqaddas dinimizda ham giyohvandlik va u bilan bog`liq illatlar qoralanadi. Jumladan, Аlloh taolo Qurʼoni karimda shunday marhamat qiladi:
“…oʼz qoʼllaringiz bilan oʼzlaringizni halokatga tashlamangiz!”.
Yuqorida giyohvand kasalliklarning zararli oqibatlari hatto o`limga ham olib borishini ko`rib chiqdik. Zotan, Alloh ham bu ishdan bandalarini qaytarmoqda. Shuningdek rasulimiz alayhissalom ham o`zlarining muborak hadislarida: “Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har qanday xamr haromdir”. Bu hadis bilan ham giyohvandlikning har qanday koʼrinishi harom hisoblanadi. Bu hadis bilan iste’mol qilganda tanani, bo‘shashtiruvchi va aqlni ketkazuvchi har qanday narsa harom bo‘ladi. Huddi shu hadisda zikr qilingan bo‘shashtiruvchilik sifati ajnabiy tillarda narkotik deb nomlangan giyohvandlik moddalarining vasfidir.
Bu asr vabosidan avlodlarimizni asrash yo‘lida mamlakatimizda ham juda ko‘plab tadbir-choralar ko‘rilmoqda. Davalatimizning bu sohadagi chiqargan qarorlaridan tashqari mahalliy axborot vositalari orqali ham uning zararli oqibatlari to‘g‘risida xalqimiz ogohlantirib borilmoqda.
Bu asr vabosidan yoshlarimizni asrash yo‘lida mamlakatimizda ham juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizning bu sohada ko‘rayotgan chora-tadbirlaridan tashqari mahalliy axborot vositalari orqali ham uning zararli oqibatlari to‘g‘risida xalqimiz ogohlantirib borilmoqda. Har yili 26-iyun kunini giyohvandlikka qarshi kurash kuni sifatida belgilanganligi ham gapimizning amaliy isbotidir.
Giyohvandlikka qarshi kurash hammamizning burchimizdir. Bu qabih ishni bilgach, o‘zini oilasini, yaqinlarini butun insoniyatni va kelajak avlodlarni o‘ylagan har bir kishi giyohvandlikka qarshi kurashda faol bo‘lishi zarur.
Giyohvandlik ofatidan xalqimizni va kelajak avlodni xalos etish va ularni moddiy hamda ma’naviy barkamollik sari yo‘naltirishdek umummilliy xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi hammalarimizga madadkor bo‘lsin!
Muhammadjonov Xasanxon
4-“B” guruh talabasi
