Umar ibn Abdulaziz beshinchi adolatli xalifa

373

Umar ibn Abdulaziz ibn Marvon ibn Hakam ibn Abul Os ibn Umayya ibn Abdushshams ibn Abdumanof xulafoi roshidlarning beshinchisi ummaviylar halifasining sakkizinchisi sahoba Umar ibn Xattob roziallohu anhuning chevarasi o’zining hukmronligi davrida faqatgina Qur’oni Karim va Muhammad (s.a.v)ning sunnatlariga qattiq amal qilgan va bu bilan xalq mehrini qozongan. Tarixchilar unga “Ikkinchi Umar” ya’ni sahoba Umarning davomchisi, deya ta’rif berishgan. Tarixchilarning aytishicha, Umar ibn Abdulaziz milodiy 682-yil hijratning 61-sanasida Madinai munavvarada tavallud topgan. Bani Umayya sulolasidan chiqqan tarixda Umar ibn Xattob singari jamiyatda adolat o’rnatib, odil hokim deb nom qoldirgan.

Umar ibn Abdulaziz halifa Marvonning o’gli Abdulaziz xonadonida dunyoga keldi. Umarning otasi Abdulaziz ibn Marvon bani umayyaning eng yaxshi amirlaridan bo’lib, shijoati va sahovati bilan el orasida tanilgan edi. Qariyb 20 yil Misrning amiri bo’lgan. Abdulaziz  din-u diyonatda mustahkamligidan uylanish oldidan o’z ustoziga: “Menga shubha aralashmagan pullarimizdan to’rt yuz dinor bersangiz, taqvodor, xudojo’y ahli ilmlar xonadoniga sovchi qo’ysam”-dedi. Keyin Umar ibn Xattobning nabirasi Laylo binti Osim ibn Umar ibn Xattob bilan turmush qurdi. Umar ibn Xattob xonadonida tug’ilib, voyaga etgan qizni jufti halollikka ixtiyor qilishi Abdulazizning yigitlik davrida ham axloqi go’zal, ilmga va fazilatga tashna inson ekanligiga dalolat qiladi.

Shunday qilib, Umar ibn Abdulazizning xalifaligi o’rnatilgan kun hijriy 99-yil Safar oyining 10-kuni Jum’a kuni edi.

Rivoyat qilishlaricha Umar ibn Abdulaziz taxtga o’tirganida qo’y boqayotgan cho’ponlar “Bugun qaysi solih inson taxtga o’tirdi ekan, qo’ylarimizga bo’rilar hujum qilmay qo’yishdi” degan ekan.

Xalifalik Umar ibn Abdulaziz rahimahullohga o’tishi bilan avval qilgan ishi zolim voliylarni ishdan chetlatish bo’ldi. So’ngra Umaviylar davrida paydo bo’lgan hashamat va manmanlikka chek qo’ydi. U zot o’ziga tavsiya qilingan taxt va xizmatkorlar guruhini baytulmolga qaytardi. U zotning siyrati o’zgardi. Go’yo ota-bobolariga hech qanday aloqasi yo’q edi. U zot Umar ibn Xattob roziyollohu anhudan boshqa bobolarini tanimas edi go’yo.

Sahobalar asri tugagan vaqtda ham sunnat deyarli yozilmagan edi. Bu holat tofitnalar sodir bo’lib, hadislar orasida yolg’onlar va o’zgartirishlar qo’shishga urinishlar paydo bo’lgan vaqtgacha davom etgan. Mazkur urinishlarni mulohaza qilgan ulug’ tobeinlar ularga qarshi kurashga bel bog’laganlar vahadislarni qabul qilish uchun ilmiy qoidalarni ishlab chiqqanlar.

Bu muhtaram zotlarning eng katta ilmiy ishlardan biri sunnatni muhofaza qilish uchun hadislarni jamlab yozib qo’yganlaridir.Hadislarni yozib qo’yish zarurligini mulohaza qilib, uni yozib qo’yishga buyruq bergan birichi kishi Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayhdir.Bu zot hadislarni jamlash uchun shahar voliylariga o’z farmonini yuborgan.Va bu ishlar amalga oshirilgan ham. Alloh taolo Umar ibn Abulaziz va barcha ulamolarimizning dinimizga qilgan xizmatlaridan rozi bo’lsin va o’zining huzuridagi buyuk mukofotlar bilan mukofotlasin.

“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti bitiruvchi talabasi

Eshboyev Abdulbosit