Bir hadis sharhi “Alloh yo’lida do’stlashganlar”
37

عَنْ أبِي هُرَيْرَةَ رضِيَ الله عنْهُ عَنْ رَسُولِ اللهِ ﷺ:
«إِنَّ اللهَ تَعَالَى يَقَوَلَ يَوْمَ القِيَامَةِ: أَيْنَ المَتَحَابُّونَ لِجَلالِي؟ الْيَوَمَ أُظِلُّهُمْ فِي ظِلِّي يوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلِّي
“Abu Hurayra roziyallohu anhu Rosululloh sollollohu alayhi vasallamdan rivoyat rivoyat qiladi:
“Alloh taolo Qiyomat kunida: “Mening jalolim sabab do’stlashganlar qayerda? Bugun – faqatgina mening soyam bo’ladigan kunda – ularni o’z soyamda soyalantiraman” deydi” (Imom Ahmad va imom Muslim rivoyat qilgan)
Sharhi:
“أَيْنَ المَتَحَابُّونَ لِجَلالِي” – Alloh taoloning bu so’zida kelgan istifhom (so’roq) haqiqiy ma’nosida emas, balki tabshir (xushxabar ila xursand qilish) va ikrom qilish ma’nosida kelgan. Chunki ularning o’rni ham, qilayotgan ishlari ham Alloh taologa maxfiy emas. Ular Alloh taoloning nazari va ilmi ostidadirlar. Bu haqda Alloh taolo kalomida marhamat qiladi:
﴿ وَمَا يَخۡفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِن شَيۡءٖ فِي ٱلۡأَرۡضِ وَلَا فِي ٱلسَّمَآءِ٣٨﴾
﴿ وَهُوَ مَعَكُمۡ أَيۡنَ مَا كُنتُمۡۚ﴾
﴿يَوۡمَئِذٖ تُعۡرَضُونَ لَا تَخۡفَىٰ مِنكُمۡ خَافِيَةٞ﴾
“المَتَحَابُّونَ لِجَلالِي” degan so’zidagi Alloh yo’lida do’st tutinganlardan murod – Alloh taoloning ulug’ligi, azamati va toati sabab do’st tutinganlardir. Ularning muhabbati dunyo, nafsonoy xohish- istaklar, mol, obro’- e’tibor va mansab kabi hayot fitnalari ustiga qurilmagan. Balki ularning muhabbati xolis Alloh uchundir.
“فِي ظِلِّي” so’zi esa, “Arshimning soyasida” degan ma’noda. Undan murod esa, “Ular Arsh soyasida Quyosh issig’idan, mavqef jaziramasidan va maxluqotlarning nafaslaridan taralayotgan issiq haroratdan saqlanadilar”
“يوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلِّي” Ya’ni, o’sha kunda xuddi dunyodagi kabi soyasi bor odam bo’lmaydi. Iso ibn Dinor: “Buning ma’nosi Alloh taolo ularni mashaqqatlardan to’sishi va ularni ikrom qilib, o’z panohida saqlashidir” dedi. Ba’zi olimlar: “Bu hadisda kelgan ظِلِّي dan rohat va ne’matlar iroda qilingan bo’lishi ham ehtimol qilinadi. Chunki arab tilida yaxshi hayot kechiradigan kishiga nisbatan ham : هُو فِي عَيْشٍ ظَلِيْلٍ deb aytiladi” deyishgan. Ba’zi olimlar esa, bu hadisi qudsiyda kelgan “soya”dan murod “Alloh taoloning rahmatidir” deyishgan.
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom bilim yurti o’qituvchisi
Foydalanilgan manbaa: “Ar rovzatul bahiyya fiy sharhil ahadiysil qudsiyya al arba’iyniyya” (Mulla Aliy Qoriy)
