BID’AT TUSHUNCHASINI TO’G’RI TALQINI

26

Bugungi globallashgan bir zamonda yoshlarimiz o’zlarini asl kitoblardan uzib, turli-tuman saytlar orqali bilim olishga o’tib ketdilar. Shu sababli ilmni kimdan olayotganlariga etibor ham ahamiyat ham berayotganlari yo’q. Mana shunday etiborsizlikdan tufayli, diniy tushunchalarni noto’g’ri talqin qilish va odamlar orasida turli ixtiloflar kelib chiqmoqda. Ayniqsa, bid’at tushunchasi borasida ham ayanchli holatlar, hatto o’zga musulmonni kofirda ayblashdek, og’ir gunohlar ham avj olib ketdi.

Islom ummati tarixida yangi paydo bolgan yaxshi amallar talaygina, Umar roziyallohu anhuni tarovih namozini hammani jamoat bo’lib o’qishlariga undashlari va Habibimiz Muahhammad sollallohu alyhi vasallamning tavalludlariga hursandchilik tarzida uyushtiriladigan mavlid tadbirlari kabilar shular jumlasidan. Ushbularni bugungi kunda turli xil g’arazli maqsadda noto’g’ri talqin qilish holati ham mavjud. Shu maqsadda bid’at aslida yomonmi yoki yaxshimi degan ma’noda shu mavzuni Alloh qodir qilganicha yoritishga harakat qilamiz.

Rog’ib Asfahoniy “mufradatul-Qur’onda”: Ibda’ degani, bir ishni (boshqaga) taqlid va ergashissiz paydo qilishdir. Agar bu so’z Alloh taologa nisbatan ishlatilsa, bir narsani asbob-uskunasiz, moddayu-zamonsiz va hech bir makonga ehtiyoj bo’lmay, bor qilish degani bo’lib, bunday holat faqatgina Allohga xosdir”, deganlar.

“Badi’” (paydo qiluvchi) deb “mubtade’”ga aytiladi. Bunga misol Alloh taloning: Osmonu-yerni paydo qiluvchu, degan kalomi. Ba’zan “mubda’”ga ham ishlatiladi va bu bilan “bida’” so’zi ham bir xildir. Bunga misol Alloh taoloning:  Sen: “Men birinchi (yangi) Payg’ambar emasman..” deb ayt, degan kalomidagi “bid’an” sozi, birinchi, oldin o’tmagan, degan ma’nolarda kelmoqda.

Bu oyatda ikki xil ma’no bor, biri, “men yangi rosul emasman”, ikkinchisi, “men aytayotgan so’zimda yangilik yaratuvchi emasman”, deganidir.

Ibn Asir “nihoya”da: bid’at ikki xil bo’ladi, bid’atu hudo (hidoyat bid’ati), bid’atu zolal (zalolat bid’ati), Alloh va uning Rosuli buyurgan narsaga xilof bo’ladigan ish qaytarilgan bid’at turiga kiradi”, deganlar.

Alloh taolo undagan va Rosululloh sollallohu alayhi vasallam qiziqtirgan narsalarning ostiga kiruvchi har bir narsa maqtalgan, oldin unga o’xshash amal qilinmagani saxovat va ochiq qo’llilik hamda ma’ruf ishlar kabilar maqtalgan ishlardandir. Chunki, shari’at ushbular kabi hamma turini qamrab olishi shart emas, (bir qolib qilib bersa bo’ldi, qolgan ishlar shu qolibga solinadi) Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam har bir yaxshi ishga savob borligini aytganlar. Imom Muslim “zakot” kitobida keltirgan rivoyatda Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam: “Kim bir yaxshi ish jori qilsa, u uchun shu ish va uni qilganning ajri beriladi. Kim bir yomon ishni jori qilsa, unga shu ish va uni qilganning gunohi beriladi”, deganlar. Bunday yomon ishlar Alloh taolo yoki Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam buyurgan ishning aksi sanaladi.

Umar roziyallohu anhuning tarovihni bir qorini ortida o’qishga buyurganlaridan so’ng bu ishni ko’rib: “Naqadar yaxshi bida’t yangilik”, degan so’zlari ham maqtalgan ishlardandir. Haqiqatdan bu yaxshi ish ham bir sunnatdir, chunki Payg’ambar sollallahu alayhi vasallamning: “O’zingizga meni va mendan keyin roshid xalifalarimning yo’lini lozim tuting[1] (mahkam ushlang)” deganlari hamda: “Mendan keyin ikki kishiga Abu Bakr va Umarga ergashinglar”, degan so’zlari tarovih namozini yigirma raka’at qilib jamlanib o’qish sunnatdan ekanligini ko’rsatadi.

Payg’ambar sollallahu alayhi vasallamning: “Har bir yangi paydo bo’lgan (narsa) bid’atdir”, degan so’zlari boshqa narsaga yo’yiladi. Ya’ni, Islom shariatining asli va sunnatga xilof bo’lgan yangiliklar kiradi.

Demak, lug’at va shariatda ham har bir yangi paydo bo’lgan narsa bid’at sanalsada, lekin shariat urfidagi bid’at ikki: maqtalgan va qoralangan bid’atga bo’linadi.

Bilishimiz kerak bo’lgan narsa shuki, Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam barcha muboh (qilishda gunoh bo’lmaydigan amallar) ishlarni qilmaganlar, chunki bunday ishlar ko’p bo’lib, inson zoti ularni qilsih uyoqda tursin, hammasini (aytib sanab berishda) qamrab ham ololmaydi. Ya’ni, bunday qilish insonning qudratidan tashqari ish hisoblanadi.

Zero, Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam amallarga o’ta zo’r bermaydigan muboh ishlarni ham bo’sh joyni to’ldiradigan darajada va hojatga qarab qiluvchi hamda bundan ortiqchasini tark etadigan zohid bo’lganlar. Ya’ni, doim, hech narsaga qaramay dunyodan o’zlarin to’liq uzib, amallarga kirishib ketmaganlar. Ammao doim qalblari va tillari Allohning zikrida bo’lgan.

Kim o’zicha, bir narsani Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam bu ishni qilmaganlar, degan da’vo bilan harom desa, uning bu qarashi dalili yo’q da’vo bo’lib, botil va noto’g’ri da’volarga sirasiga kiradi.

Sahihaynda (Imom Buxoriy va Imom Muslimlarning sahih hadis to’plamlari) Xolid ibn Valid roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadis keladi, u kishi Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam bilan birga Maymuna onamizning uylariga kirdilar keyin pishirilgan zobning (cho’l echki emari) go’shti keltirildi, Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam unga qo’llarini cho’zgan edilar, u zotga ey Allohning rosuli, bu zobning go’shti, deyilgandi, undan qo’llarini tortdilar. Shunda men: ey Allohning rosuli nima u harommi?, dedim. U zot: yo’q, lekin meni tabiatim hohlamydi, dedilar. Xolid ibn Valid roziyallohu anhu: men uni chaynab-chaynab yedim, Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam qarab turardilar[2], dedilar.

Ushbu hadisda “bir narsani tark qilish, uni haromligini taqozo qilmaydi” degan usuliy qoidaga dalil bor. Yana bu hadisda bir narsadan o’zini tiyish, uni harom qilmasligiga dalil ham bor bo’lib, Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam zobdan qo’llarini tortib, uni hush ko’rmadilaru ammo uni harom sanamadilar.

Ko’rinib, turibdiki, Payg’ambar sollallahu alayhi vasallam qilmagan narsalari harom emas ekan, shuning uchun u zotdan keyin paydo bo’lgan yaxshi ishlar harom deyilmaydi, harom degan odamning o’zi sunnatga xilof qilgan bo’ladi. Chunki, u yaxshilikni inkor qilayotagn bo’ladi. Ayniqsa, Xazrati Umardek buyuk sahobalar tomonidan kiritilgan yangiliklarni inkor qilishdan inson o’ta saqlanishi kerak.

S. Muhibullayev, o’qituvchi

[1] Imom Buxoriy. “tarovih namozi” 2010-hadis/

[2] Muttafaqun alyh bo’lgan hadis. Imom Buxoriy “Taomlar” va “zaboihlar” kitobida, Imom Muslim “ov va zaboihlar” kitobida keltirganlar.