MAZHABIMIZ ASOSÇISI…

8

Hanafiy mazhabining asosçisi Abu Hanifa Nö’mon ibn Sobit ibn Zutiy, ya’ni Imomi A’zam rahmatullohi alayh Iroqning Kufa şahrida 80/699 yilda tavallud topdi. U kişi ahli sunna fiqhiy mazhab boşliqlaridan eng avval tuğilgani hisoblanadi. Rivoyat qilişlariça, Imomi A’zamning otasi Sobitni bolalik çoğida bobosi Zutiy hazrat Ali roziyallohu anhu huzurlariga olib kelib, uning haqiga duo qilişlarini söraydi. Hazrat Ali roziyallohu anhu Alloh taolo bu bolaning öziga va zurriyotiga barakot bersin, deb duo qiladilar. Alloh taoloning azaliy irodasi va uşbu duo şarofatidan Sobitning zurriyotidan Imomi A’zam (Uluğ Imom) maşhurlik kasb etdi va bu zotning mazhablari olamga yoyilib, şogird va ergaşuvçilari son-sanoqsiz böldi.

Abu Hanifa viqor va salobat egasi edi. Köp fikrlab, kam sözlar edi. Taqvo sohibi, dunyo ahliga kam aralaşar, foydasiz va bekorçi gap-sözlarni yoqtirmas, savollarga qisqa va lönda javob beradigan zukko mujtahid edi. Fiqhni tartibli usul holiga keltirib, barça dunyoviy masalalarning foyda va zararli holatlarini bayon etiş natijasida öz dunyoqaraşini soğlom aqida asosida şakllantirgan edi.

Imomi A’zam mazhabi özining mö’tadilligi, Islomning asl mazmun-mohiyatini çuqur ifodalab berişi bilan asrlar oşa diyorimiz musulmonlarining özaro hamjihatligida, turli huquqiy muammolarni oson hal qilinişida, ayrim hollarda yuzaga keladigan turli ziddiyatlarning bartaraf etilişida muhim asos bölib kelmoqda.

Hanafiy mazhabi II hijriy asrdan yer yuzining turli mamlakatlariga tarqalib, dastlab Abbosiylar davlati undan söng boşqa ölkalar tomonidan qabul qilindi. Xususan, Iroq, Eron, Movarounnahr, Xuroson va Turkiya hududlarida turli davrlarda hukm yuritgan Abbosiylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, Ğaznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmşohlar, Misrda Ayyubiylar, Mamluklar, Movarounnahrda Temuriylar, Boburiylar, Şayboniylar davlatlari va Usmoniylar saltanati tomonidan rasmiy mazhab sifatida qabul qilinib, barça hududlarida barça şar’iy masalalar yeçimi va ma’muriy idora işlari uşbu mazhab asosida olib borilardi.

Hozirgi davrda hanafiylikning jöğrofiy hududi Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy, Afğoniston, Pokiston, Hindiston, Eron, Iroq, Suriya, Saudiya Arabistoni, Yaman, Misr, Jazoir, Tunis, Marokaş, Turkiya, Indoneziya va boşqa musulmon ölkalarini öz içiga qamrab oladi. Abu Hanifa mazhabi aytib ötilgan mamlakatlarning ayrimlarida yetakçi örinni tutsa, ayrimlarida ikkinçi yoki uçinçi örinda turadi.

Abu Hanifa-Imom A’zamdek zotning mazhabida bölganimiz va yurtimizdan çiqib, şu mazhabning keng yoyilişi va şar’iy fatvolarning xalqimizga yetkazib berişda bebaho asrlari bilan islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qöşgan Imom Abu Hafs Kabir va Sağir kabi olimu ulamo, faqihu fuqaholarning bizning zaminimizdan çiqarib qöygani hamda dunyo musulmonlarining 60 foizga yaqini şu mazhabga mansub ekani uçun Haq subhanohu va taologa çeksiz hamdu sanolar va benihoya şukronalar aytişimiz va şunday hidoyat yölini körsatib beradigan töğri yölimiz turganda turli zalolat hamda gumrohlikka olib boradigan oqim va toifalarning tuzoğiga tuşib qolmaslikni ham Özidan sörab turmoğimiz zarur böladi.

 

Muzaffar Qosimov,

Xoja Buxoriy  örta maxsus islom ta’lim muassasasi

 ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mudir örinbosari