Nabiy alayhissalomning odatlaridan biri har gal safarga chiqmoqchi bo’lsalar ayollari orasida qur’a tashlar edilar. Kimga qur’a tushsa shu ayolni safarga birga olib keltar edilar. Bir safar qur’a Oisha onamizga chiqdi. Sahroda ketishayotganda Oisha onamizning munchoqlari uzilib ketadi. Nabiy sollollohu alayhi vasallam munchoqni qidira boshlaydilar. Insonlar ham qidirishga kirishib ketishadi. Shu kuni biron bir quduq suvi oldiga borishmaydi. Musulmonlar bilan ichishlikka yetgulikgina suv bor edi xolos.

Musulmonlar Oishaning otasi huzuriga kelib aytishdi: “Ey Abu Bakr, Oishani qilmishini ko’rmaysizmi? Nabiy alayhissalom va insonlarni safarbar qilib o’tiribdi. Holbuki namoz vaqti bo’lib qoladigan bo’lsa (tahorat qilishga)suvlari yo’q!”

Abu Bakr Oishaning huzuriga kirgan edilar, qarasalar Nabiy alayhissalom boshlarini soniga qo’yib dam olib yotgan ekanlar. Abu Bakr Oishaga: “Rosululloh va insonlarni ishdan qo’yibsan. Ularda (tahorat uchun) suv qolmabdiyu!” dedilarda insonlardan ayrim gaplarni eshitganliklari bois barmoqari bilan Oishaning beliga niqtay boshladilar. Oisha bo’lsa Rosulullohni uyg’otib yubormaslik uchun qimirlamasdan sabr qilib turdi.

Nabiy alayhissalom hordiq chiqarib o’rnilaridan turdilar. Namoz vaqti ham bo’ldi. Shu payt Alloh taolo tayammum oyatini nozil qildi. Insonlar tayammum qilib namozlarini o’qib olishdi. Oishaning munchog’inidan umidlarini uzishgach safarni davom ettirmoqchi bo’lib Oisha mingashib kelgan tuyani turgazishdi. Oisha onamiz qarasalar munchoq tuyani ostida ekan. Munchoqni olib safarda davom ettilar.

Rosululloh sollollohu alayhi vasallam Oisha yo’qotib qo’ygan munchoqni qidirish uchun askarlarni barchasini to’xtatib harbiy lager tashkillashtirdilar. Sababi bu munchoq uning qalbida qanchalik iz qoldirganini bilgan edilar. Har qancha vaziyat Oishani fikriga rioya qilishlaridan, uni xursand qiladigan ishni bajarishlaridan to’xtatib turolmadi. U zot biron bir kishi: “Ayollarining fikrini inobatga olib askarlarni yurishdan qoldirdilar-e”, deyishidan ham qo’rqmadilar.

Rosululloh bizlarga mehribonlikni eng qiyin vaziyatda ham qilish mumkinligini, qanday sharoitda bo’lishidan qa’iy nazar boshqalarni yupatish uchun sharoit bo’lishligini, ayoliga yaxshilik qilish shaxsiy zaiflik emasligini, ayolni his-tuyg’usini inobatga olish unga qaramlikni keltirib chiqarmasligini, ayolni hushnud qiladigan ishlarni qilish degani ayol o’ziga mahkum qilib olganini tushunilmasligini, ayolni xursand qilishga urinish erkaklik sifatiga nuqson yetkazmasligini bizga ta’lim berishni hohladilar. U zot edilarku erkaklik sifatiga eng loyiq inson. Qilgan ishlari faqat hurmatga sazovor, erkaklik sifatini maromiga yetkazib bajargan kishi!

Lekin siz ayolingiz sabab qo’shinni to’ztatib, insonlarni u bois safardan ushlab o’tirmang! Siz unga har kuni his-tuyg’ularini hurmat qilishingizni ko’rsatib qo’ying, uni xursand qiladigan narsalarni qiling, qila olsangiz undagi mahzunliklarni ketkazing va unga nisbatan hissiyotingizni izhor qilish uchun eng kichik fursatni ham g’animat biling! Erkak kishini qila oladigan eng kichik narsalar ham ayolning qalbini o’ziga asir qilishi mumkin. Ze’ro e’tiborni zohir qilishning ayni o’zi muhabbatni izhor qilish hisoblanadi.

His-tuyg’ularingizni (e’tiborga olib)yashang, hijolat qilmang. Bizlarga Nabiy sollollohu alayhi vasallamda go’zal namuna bor.

Turdibayev Anasxon Adham Sharqoviyning “Payg’amgar(imiz)izidan(borish)” nomli kirobi asosida tayyorladi.