Azon va qiroatda ovoz va nafas mashqlari
72

Har bir muazzin, qori yoki qoriya, muallim-u imomlar musulmonlar jamoasiga azon, qur’on va mave’zalarini yetkazishda iloji boricha chiroyli va balandroq ovozda yetkazishga harakar qiladi.
Albatta bunda har bir mas’ul kishi o’z ovozidan chiroyli tarzda foydalanishi kerak. Biz quyidagi maruzamizni aynan muazzin, qori va imomlar uchun Alloh taoloning izni bilan master klass usulida tayyorladik. Ushbu matnda azonda va qiroatda uchraydigan tabiiy ovoz va nafas kamchiliklarini to’g’irlash bo’yicha ba’zi ko’rsatma va mashqlar yoritib berilgan
Tovush yoki ovoz — bu ikki jismni bir biriga ta’siri natijasida havo to’lqinlarining tebranishidan hosil bo’ladigan hodisadir. Ovozlar tabiatiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi.
Bugun bizga kerak bo’ladigan va ishlatadigan ovoz turlari bu erkaklarning ovoz turlaridir. Erkaklar ovozi 3 katta turga bolinadi. Bular: Bass (yo’g’on), bariton va tenor (ingichka) ovozlardir. Bu ovoz turlari o’rganuvchidan mashqlar talab qiladi.
Azon aytayotganda yoki qiroat qilayotganda inson o’zining tabiiy ovozini ishlatishi maqsadga
muvofiqdir. Har bir harfni maxrajidan chiqarishi. Taqlidlardan chetlanishi, dimog’larini ishlatmasligi a’loroqdir. Taqlid qilganda ham ovozga emas, balki, ohangga taqlid qilsa durustdir. Katta ustozlar va ulamolarning takidlashlaricha iloji boricha muazzin yohud qorilar o’zining ohangi va ovozidan foydalangani ma quldir. Taqlidni bardavom qilaversa o’z ovozini va tarannumini yo’qotib qo’yishi mumkin. Qori yoki muazzin qiroatda baland pardalardaqn va og’iz bo’shlig’ini ishlatgani yaxshidir. Ovoz bilan to’ g’ri ishlashda bir nechta mashqlarni keltirib o’tdik.
Nafasni mashq qildirishda dastlab gomatni tik tutamiz, o’zimizni bo’sh qo’yamiz.
Og’izdan qoringa chuqur va sekin nafas tortamiz va sekin nafasni puflab chiqaramiz. Bu mashqni kuniga 4 mahal 10 marotabadan takrorlaymiz.
Ovozni mashq qildirishda ham gomatni tik tutamiz, og’iz bilan nafas olamiz va ovozni past pardadan yuqori pardaga chiqaramiz. Bu mashq ham 4 mahaldan 10 marotaba takrorlanadi. Bu mashqni faqat past yoki faqat baland pardada tovushni ushlash orqali qilish mumkin. Bu nafas mashqlari doimo og’izdan nafas olib, og’izdan chiqarilib bajariladi.
Tajviddagi va odamlar bilan gaplashadigan ovoz bir xil pardada bo’lishi lozim. Har xil shevalar va tomoq qirilishlaridan saqlangan yaxshidir. Bolalarni yoshligidan gigiyena va ovoz paylarini saqlashga o’rgatish ham muhim sanaladi.
Ovozga salbiy ta’sir qiladigan yegulik (o’ta achchiq, o’ta shirin, sho’r, nordon) va ichkiliklardan (gazli, nordon) saqlangan ma’ quldir.
Azon kalimalar miqdorini cho’zish ham e’tiborga molik o’rinlardan hisoblanadi. Ulug’ ustozlarimiz tomonidan aytilgan qoidalarga ko’ra azondagi har bir qatordagi kalimaning oxirgi so’zini 16 harakatga cho’zishgacha ruxsat berilgandir. Bu cho’zish tovushni balandroq va uzoqroqqa chiroyli tarzda yetkazib berishga yordam beradi.
Akbar ASQAROV
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
