Dunyoga keldingiz sochildi nurlar,
Xursand-u shodmon jannatda hurlar.
Siz sabab yaraldi jamiki ruhlar,
Salovatlar bo‘lsin sizga Habibim.

Ummatning faxrisiz, olam sarvari,
Yetimning baxtisiz, jannat gavhari.
Butun mavjudotlar aytarlar bаri,
Salovatlar bo‘lsin sizga Habibim.

Sizdan jannat hidi taralar doim,
Har kimga bo‘lasiz juda muloyim.
Sizni yaxshi ko‘rar buyuk Xudoyim,
Salovatlar bo‘lsin sizga Habibim.

Olamlarga bo‘lgan rahmat payg‘ambar,
Injilda aytilgan Ahmad payg‘ambar.
Anbiyolar ichra zumrad payg‘ambar,
Salovatlar bo‘lsin sizga Habibim.

Har bir so‘zlarida hikmat mujassam,
Behuda joylarga bosmagan qadam.
Qalblarda yashaysiz hamisha, har dam,
Salovatlar bo‘lsin sizga Habibim.

Ummatning g‘amida umringiz o‘tdi,
Joningizga qancha mashaqqat yetdi.
Qilgan ishingizni ummat unutdi,
Salovatlar bo‘lsin sizga Habibim.

Нумонов Муҳаммадюсуф
Xoja Buxoriy o’rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi