Isro va me’roj hodisasi
104

Bizni inson qilib yaratgan va iymon gavhariga musharraf etgan mehribon – Alloh taologa behad hamdu sanolar bo’lsin!
Barcha olamlarga rahmat bo’lib kelgan sevimli, mo’minlarga ota – onasidan ham mehribon mushfiq Payg’ambarimiz hazrati Muhammad Mustafo salallohu alayhi va sallamga salotu salomlarimiz bo’lsin!
Rajab oyining 27-kuni hijratdan avvalgi birinchi yil, nubuvvatning 13 yili (mil.621 yil) Jabroil (a.s.) Payg’ambmrimiz (s.a.v.)ga risolat bilan (ya’ni katta kitob – Qur’on bilan kelgan payg’ambarlik xabari) birinchi marta kelgan kundir. Yana payg’ambarimizning Me’roji ham ayni shu kunda sodir bo’lgandir.
“Ey Allohning rasuli, bugun sen samo ziyoratiga taklif etilding”.
Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:
سُبۡحَٰنَ ٱلَّذِيٓ أَسۡرَىٰ بِعَبۡدِهِۦ لَيۡلٗا مِّنَ ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡحَرَامِ إِلَى ٱلۡمَسۡجِدِ ٱلۡأَقۡصَا ٱلَّذِي بَٰرَكۡنَا حَوۡلَهُۥ لِنُرِيَهُۥ مِنۡ ءَايَٰتِنَآۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلۡبَصِيرُ١
“O’z bandasini kechasi Masjidul Haromdan atrofini barakali qilganimiz Masjidul Aqsoga mo’jizalarimizni ko’rsatish uchun sayr qildirgan Zot pok bo’ldi. Albatta U eshituvchi va ko’ruvchi, Zotdir” (Isro surasi – 1oyat).
Oyati karimada Alloh taolo O’zini O’zi poklab yod qilmoqda va bandasi Muhammad sollallohu alayhi vasallamni isro qildirgani, ya’ni kechaning bir qismida sayr qildirgani haqida xabar bermoqda. Oyatdagi «O’z bandasi»dan murod Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Muhammad sollallohu alayhi vasallam doimo Allohning bandasi ekanliklari bilan faxrlanib yurar edilar.
Anas ibni Molik (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh Me’roj voqeasini shunday bayon etganlar: “Men Baytullohning oldida uyqu bilan uyg’oqlik orasida edim. – U zot ikki kishining (amakilari Hamza va amakilarining o’g’li Ja’far ibn Abu Tolibning) o’rtasida ekanlarini zikr qildilar. Menga eshakdan kattaroq, hachirdan kichikroq, qadami ildam bir Buroq nomli duldul keltirildi. Uni minib Baytullohga bordim. Duldulni payg’ambarlarning ulovlari turadigan joyga bog’lab, Masjidda ikki rakat namoz o’qib chiqdim. Jabroil menga bir oltin jom keltirdi. U hikmat va iymonga to’la edi. Birinchi idishda suv, ikkinchi idishda sut Men sutni tanladim. Tabiiy narsani topding dedi Jabroil. Shundan keyin osmonga ko’tarildik. Jabroil osmonni ochilishini talab qildi. Shu payt kimsan degan ovoz eshtildi. Jabroil o’zini tanitdi, yoningda kim bor deb so’radi boyagi ovoz. Muhammad bor dedi Jabroil. Unga payg’ambarlik keldimi dedi ovoz. Ha dedi Jabroil. Shundan keyingina osmonning qopqoqlari ochildi. U yerda men Odam (a.s.)ni ko’rdim. U zot menga peshvoz chiqib “Xush kelibsan, o’g’lim, payg’ambarim” dedi va menga yaxshilik tiladilar. Boshqa bir rivoyatlarda aytilishicha: “Dunyo osmoniga ko’tarilsak bir kishi turibdi. Uning o’ng tomonida odamlarning qorasi, chap tomonida ham odamlarning qorasi ko’rinmoqda. U o’ng tomoniga qarasa kular, chap tomoniga qarasa yig’lardi. Solih nabiy, solih o’g’il xush kelibdi!”dedi u. “Ey Jabroil, bu kim? dedim. Bu – Odam. Uning o’ng va chap tomonidagi qoralar uning bolalarining ruhlaridir. Ularning o’ng tomondagilari ahli jannatdir. Chap tomondagilar ahli do’zaxdir. Shuning uchun o’ng tomoniga qarasa kuladi, chap tomoniga qarasa yig’laydi”, dedi u. Undan keyin ikkinchi osmonga ko’tarildik. Bu yerda ham avvalgi savol-javoblar takrorlanib, ko’kning darvozalari ochildi. Men u yerda Yahyo bilan Isoni uchratdim. Ular menga peshvoz chiqib xush kelibsan, qanday ham yaxshi keluvchi keldi, birodarimiz, payg’ambarimiz deyishdi va yaxshiliklar tilashdi. So’ngra uchinchi osmonga ham shu taqlid chiqdik va bu ma’voda jam’i go’zallikning yarmi ato etilgan Yusufni ko’rdim. U ham menga peshvoz chiqib menga yaxshilik tiladi. To’rtinchi osmonda Alloh taolo Maryam surasini 58 – oyatida “Idrisni yuqori darajaga ko’tardik”, deya e’tirof etgan Idris bilan yuz ko’rishdik. Beshinchi osmonda Horun bilan yuz ko’rishdik va keyin oltinchi osmonga ko’tarildik u yerda men Muso bilan uchrashdim va unga salom berdim. U ham menga peshvoz chiqdi. Uning oldida o’tib ketayotsam, yig’ladi. Shunda unga nega yig’laysan deyildi. “Ey Robbim! Mana bu yigit mendan keyin yuborilgan bo’lsa ham, uning ummatidan jannatga kiradiganlar mening ummatimdan jannatga kiradiganlardan ko’proq ekan” dedi u. Ettinchi osmonda Baytul ma’murga suyanib o’tirgan Ibrohimni ko’rdim. Baytul ma’murga har kuni yetmish ming farishta kirib chiqar, bir martta tashrif buyurganlariga qaytib navbat tegmas ekan. Keyin Sidratul-muntaho daraxtini ko’rgani bordik. Uning yaproqlari filning qulog’idek, mevalari qovoqdek kelar ekan. Uning ostida to’rt daryo bor. Ikki daryo botin, ikki daryo zohir. Jabroildan so’rasam, “Ikki botini jannatdadir. Ikki zohiri Nil bilan Furotdir”, dedi. Robbimning amriga binoan bu daraxt o’zgarib, tovlanib turardi. Uning ta’rif vasfiga barcha maxluqlar qatori odam ham ojiz. So’ngra meni yuqoriga, qalamlarning shitirlashini eshitsam bo’ladigan joyga olib chiqildi. Alloh taolo menga ba’zi ishlarni vahiy qilib, ummatim uchun bir kecha-kunduzda ellik martta namoz o’qishni buyurdi. Men Musoning yoniga kelganimda U: “Robbing ummatingga nimalarni farz qildi?” deb so’radi. Men ellik martta namoz o’qishni buyurganini aytdim. Izingga qaytib Robbingdan ibodatni engillatishini so’ra, ummatingning bunga toqati yetmaydi. Sendan avval men Bani Isroilni sinab ko’rganman, dedi. Men darrov izimga qaytib: “Ey Robbim, ummatimga yengillik ber”, deb yolvordim. U nomozni besh mahalini qisqartirdi. Musoni yoniga kelib voqiani bayon etdim. U yuqoriga chiqib, yana yengillik so’rashni maslahat berdi. Shu zayil Robbim bilan Musoning o’rtasida zir qatnadim. Toki Parvardigorim: “Ey Muhammad, bir kecha – kunduzda besh mahal namozni farz qildim demagunga qadar. Musoning yoniga kelib bo’lgan gap-so’zlarni aytdim. U yana Robbingdan yengillik so’ra, deb maslahat berdi. Men: “Ha, deb Robbimning huzuriga boraverishdan uyalaman, hayrli narsaga taslim bo’ldim”, dedim.”
Shunda: “Har bir namozga o’n mahalning, besh mahalga ellik mahalning savobini beraman. Kimki biror ezgulikni o’ylab uni qilolmasa, bir yaxshilikning savobi, moboda ko’ngliga tukkan ezgulikni ro’yobga chiqarsa, o’n yaxshilikning savobi beriladi. Kimki biron shumlikni ko’zlasa-yu, amalga oshirmasa, yomonlik yozilmaydi, mabodo o’ylagan yomonligini qilsa, bitta yomonlikning gunohi yoziladi”, deb nido qilindi.
Po’latov Ibrohimjon
“Xoja Buxoriy” o’rta maxsus islom bilim yurti
4 kurs talabasi
