YOVUZLIK MANBAI
3

Ezgulik dini bölgan Islom dini kişilarni tinçlik va barqarorlikka, özaro birlik va hamjihatlikka da’vat etadi. Biroq undan ğarazli maqsadlarni amalga oşiriş yölida foydalaniş hollari ham avj olib borayotganini afsus bilan qayd etiş lozim. Din niqobi ostidagi ekstremizm va terrorizmning global tahdidga aylangani ham şunday xulosa çiqariş imkonini beradi. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylaştiriş vositasida hokimiyatga intiliş, dindan insonlar orasiga nifoq soliş, qöporuvçilik işlarini amalga oşiriş va ğarazli manfaatlarni ruyobga çiqarişda foydalanişga urinişlarda namoyon bölmoqda.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi islom ilmlari rivoj topgan markazlardan biri sifatida asrlar davomida musulmon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qöşib kelgan. Bu esa turli buzğunçi radikal oqimlar özlarining ekstremistik vayronkor ğoyalarini mintaqamiz aholisi ongiga singdiriş maqsadida intilayotgani tasodif emasligini körsatadi.
Qaçonki, ğoya ijobiy mohiyatga ega bölganda ulkan bunyodkorlik quvvatini namoyiş etsa, buzğunçi mazmunni ifodalaganda dahşatli vayronkorlik qudratiga ega böladi. Xususan, ekstremistlar tomonidan işlab çiqilgan va ilgari surilgan ğoyalar ikkinçi guruhga xos bölib, bugungi zamonaviy voqelikda özidan dahşatli vayronagarçilik qoldirib, mudhiş qiyofasini namoyiş etmoqda.
Mutaxassislarning tahliliga köra zamonaviy ekstremistlar tomonidan ilgari surilayotgan “da’vatlar” turli yöl, usul va ijtimoiy psixologik omillarga jiddiy e’tibor bergan holda tizimli işlab çiqilganini körsatadi. Ular özlarining ğarazli ğoyalarini ilgari surişda kuyidagi uslublardan foydalanadilar:
- Ekstremistik taşkilotlar nomlarining özidayoq ular özlarining ğarazli maqsadlari va manfur qiyofalarini qanday ustalik bilan niqoblaganlarini köriş mumkin. Asl mohiyati yovuzlik, muddaosi zalolatga çorlaş bölgan terrorçi uyuşmalar ezgu tuşunçalarni özlariga nom qilib olganlarida buning isbotini körsa böladi.
- Ekstremistik taşkilotlar Qur’oni karim oyatlari va hadisi şariflarni öz manfaatlari yölida ma’nolarini buzib talqin qiladilar. Göyoki özlarini haq yölda qilib körsatib, özlariga qöşilganlarni albatta hidoyat topişlari haqidagi ğoyalarni odamlar ongiga singdirişga harakat qiladilar. Bu bilan ular faqat özlarini va ularning taşkilotiga a’zo bölganlarnigina musulmon sanaydilar. Özlarini “Qutqarilgan jamoa” qolganlarni esa kofirlar deb e’lon qiladilar.
- Ekstremistik uyuşmalar rahnamolari orasida “jamoatdan çiqiş islomdan çiqişdir”, degan ğoyani singdiriş orqali ularni öz domlariga yanada köproq tortiş va şu bilan birga özlarinigina musulmon, qolganlarni kofirlikda ayblaş orqali özlari tomonlaridan sodir etilayotgan terrorçilik amaliyotlarini oqlaşga urinadilar. Vaholanki, islom ta’limotiga köra, şirkdan taşqari har qanday gunoh qilgan inson “kofir” hisoblanmaydi va islomdan çiqmaydi. Musulmonlar jamoasidan çetlaşiş esa faqatgina islomni tark etiş (murtadlik)da namoyon böladi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda şunday deyiladi: “Agar bir kişi öz birodariga: Ey kofir” desa, ikkalasidan biri öşanday (ya’ni, kofir) böladi”. Ekstremistlarning musulmon kişini kufrda ayblaşlari ahli sunna val jamoa e’tiqodiga zid bölib, ötaketgan tubanlik hisoblanadi.
Ekstremizm va terrorizm bugungi kunda global xarakterga ega bölib, dunyoning barça mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Şunday ekan, uning oldini oliş, unga qarşi kuraşiş insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi. Hamda kişilik jamiyati oldiga bir qator kompleks vazifalarni yuklaydi.
Islom dini hamişa inson qadr-qimmatiga katta e’tibor bergan va boşqa din vakillarining ham hayoti, şa’ni, or-nomusi hamda haq-huquqlarini yuksak qadrlagan. Şayx Yusuf Qarzoviyning “Islom — inson qalbiga çuqur hurmat bilan munosabatda böluvçi va begunoh odamlarga hujum qilişni keçirilmas gunoh, deb hisoblovçi sabr — toqat dinidir”, degan fikrlari ham sözimiz isbotidir.
Şunday ekan, ekstremistik oqimlarga qarşi murosasiz kuraş, terrorçilik harakatlarini amalga oşirayotgan mutaassib kuçlarning islom diniga mutlaqo yot, begona ekanini har tomonlama asoslaş dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Muzaffar Qomimov,
Xoja Buxoriy örta maxsus islom bilim yurti
ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mudir örinbosari
