JANNATDA ALLOH TAOLONI KÖRIŞ MASALASI

4

Jannat insonlar uçun eng oliy ne’matlar maskanidir. Unda köz körmagan, quloq eşitmagan va inson xayoliga ham kelmagan ne’matlar mavjud. Biroq jannat ahliga beriladigan ne’matlarning eng uluği, eng oliysi va eng azizi — Alloh taoloni köriş baxtidir.

Ahli sunna val jamoa aqidasiga köra, Alloh taoloni oxiratda köz bilan köriş haqdir. Möminlar Qiyomat kuni va jannatda Robbilarini köradilar. Bu köriş heç qanday şubhasiz, öxşatişsiz va qandaydir holatsiz böladi. Alloh taoloni köriş makon, masofa, çegara, yönaliş va jismga xos bölgan xususiyatlardan pok holda böladi.

Uşbu masala islom aqidasidagi muhim mavzulardan biri bölib, tarix davomida ahli sunna ulamolari tomonidan Qur’on, Sunnat va aqliy dalillar asosida keng bayon qilingan.

Alloh taoloni köriş masalasi aqliy hamda naqliy dalillar bilan isbot qilingandir.

Bu masalani ikki jihatdan yaxşi tuşuniş kerak:

Birinçisi — Alloh taoloni körişning aqlan mumkin ekanligi. Ya’ni Allohni köriş mumkinligini soğlom aql inkor qilmaydi.

Ikkinçisi — bu körişning oxiratda sodir bölişi. Bu esa Qur’oni karim oyatlari va hadisi şariflar bilan sobit bölgan.

Bu masalada mu’taziliylar, karromiylar, jahmiylar kabi bid’atçi toifalar ahli sunna va jamoaga xilof qilganlar.

Mu’taziliylar Allohni körişni mutlaq inkor qildilar. Ular “köriniş faqat jismda böladi. Allohni köriş joiz desak, Alloh bir makon, tarafda bölişi lozim keladi” deb dalil keltirdilar.

Karromiylar “Alloh jism suratida oliy tarafda körinadi” deyişdi.

Jahmiylar “Alloh qalb bilan köriladi” dedilar.

Imom an-Navaviy rahimahulloh bu borada şunday deydi:

«Bilgin, Ahli sunna yakdillik bilan Alloh taoloni köriş aqlan imkonsiz emas, degan. Şuningdek, ular oxiratda bu köriş sodir bölişi va möminlarning Alloh taoloni körişiga ham ijmo qilganlar. Kofirlar esa Uni körmaydilar. Allohni möminlar oxirat diyorida körişlariga oyat, hadis, sahobiylar va sahobiylardan keyin olimlarni ijmosi dalildir».

Demak, Alloh taoloni köriş ahli sunna val jamoa aqidasida sobit bölgan masaladir.

Qur’oni karimda Alloh taoloni körişning dalillari:

Alloh taoloni oxiratda köriş mumkinligi va buni albatta sodir bölişiga Qur’oni karimda bir neça dalillar mavjud.

  1. Möminlarning Robbilariga nazar solişi

﴿وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَاضِرَةٌ ۝ إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ ۝﴾

«U kunda ayrim yuzlar porloq bölur. Ular Robbilariga boqib tururlar».

(Qiyomat surasi, 22–23-oyatlar.)

Uşbu oyatda Alloh taolo ayrim yuzlarning porloq va nurli bölişini, ularning Robbilariga nazar solib turişlarini xabar qilmoqda.

Ahli sunna ulamolari mazkur oyatdagi «Robbilariga boqib tururlar» iborasini Alloh taoloni köz bilan köriş ma’nosida tafsir qilganlar.

  1. Kofirlarning Alloh taoloni körişdan tösilişi

Alloh taolo boşqa bir oyatda kofirlarning Qiyomat kunidagi holatini bayon qilib, şunday deydi:

﴿كَلَّا إِنَّهُمْ عَنْ رَبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَمَحْجُوبُونَ ۝﴾

«Yöq! Albatta, ular öşa kuni Robbilaridan tösilgan bölurlar».

(Mutaffifin surasi, 15-oyat.)

Uşbu oyatda kofirlarning Alloh taolodan tösilişi bayon qilingan.

Bu oyat möminlar uçun Alloh taoloni köriş ulkan ilohiy mukofot ekanini körsatadi.

Ahli sunna ulamolari bu oyatni möminlarning Alloh taoloni körişlariga dalil sifatida ham keltirganlar. Çunki kofirlarning Robbilaridan tösilişi, möminlarning bunday tösiqdan xoli bölişi va Robbilarini körişlarini anglatadi.

Agar Alloh taoloni köriş mutlaqo mumkin bölmaganida, kofirlarning Undan tösilişi haqida alohida xabar berilişining ham mazmuni qolmas edi.

  1. Közlarning Allohni idrok eta olmasligi haqidagi oyat

Alloh taolo şunday marhamat qiladi:

﴿لَا تُدْرِكُهُ الْأَبْصَارُ وَهُوَ يُدْرِكُ الْأَبْصَارَ ۖ ﴾

«Közlar Uni idrok eta olmas. U esa közlarni idrok etar. ».

(An’om surasi, 103-oyat.)

Mazkur oyatdan mu’taziliylar Alloh taoloni köriş mumkin emasligiga dalil olişgan. Çunki unda közlar Allohni idrok eta olmasligi oçiq aytilgan.

Biroq ahli sunna ulamolari uşbu oyatni boşqa dalillar bilan birgalikda şarhlab, undagi «idrok» sözi oddiy körişdan farqli ma’noni ham anglatişini bayon qilganlar.

Ya’ni biror narsani köriş bilan uni töliq qamrab oliş, mohiyatini anglaş va qandayligini biliş bir xil narsa emas.

Masalan, inson osmondagi quyoşni köradi, ammo uning butun mohiyatini va barça xususiyatlarini köriş orqali qamrab ololmaydi. Demak, köriş idrok etiş, qamrab oliş degani emas.

Şu sababli ahli sunna ulamolari mazkur oyatni Alloh taoloning oxiratda körilişini inkor qiladigan dalil sifatida qabul qilmaganlar. Balki Alloh taolo körilsa ham, Uni közlar idrok qila olmasligini va töliq qamrab ololmasligini ta’kidlaganlar.

Imom al-Qurtubiy rahimahulloh ham uşbu oyatni tafsirida bu oyat kofirlar haqida, kofirlar Allohni köra olmaydilar deganlar va Mutoffifin surasidagi kofirlarning Robbilaridan tösilişi va Qiyomat surasidagi möminlarning Robbilariga nazar solişi haqidagi oyatlarni dalil sifatida keltirgan.

  1. Muso alayhissalomning Alloh taoloni körişni söraşlari:

Alloh taoloni köriş mumkinligiga dalillardan yana biri Muso alayhissalomning Robbisidan Özini körsatişini söraganlaridir.

Alloh taolo bu haqda şunday xabar beradi:

﴿وَلَمَّا جَاءَ مُوسَىٰ لِمِيقَاتِنَا وَكَلَّمَهُ رَبُّهُ قَالَ رَبِّ أَرِنِي أَنْظُرْ إِلَيْكَ ۚ﴾

«Muso belgilagan vaqtimizga kelib, Robbi u bilan gaplaşganida: “Robbim, menga Özingni körsat, Senga qaray”, dedi».

(A’rof surasi, 143-oyat.)

Uşbu oyatda Muso alayhissalom Alloh taolodan Özini körsatişini söramoqda.

Bu sörovning özi ham Alloh taoloni köriş mumkinligiga dalildir. Çunki Muso alayhissalom Allohning uluğligini, Uning makon, jism va maxluqotga öxşaşlikdan pok ekanini bilgan payğambar edilar.

Agar Alloh taoloni köriş aqlan mutlaqo mumkin bölmaganida, Muso alayhissalom bunday sörovni qilmagan bölardilar.

Alloh taolo Muso alayhissalomga javoban:

﴿لَنْ تَرَانِي وَلَٰكِنِ انْظُرْ إِلَى الْجَبَلِ فَإِنِ اسْتَقَرَّ مَكَانَهُ فَسَوْفَ تَرَانِي ۚ﴾

«Meni hargiz köra olmaysan. Lekin toğga boq. Agar u öz joyida mustahkam tursa, albatta, Meni körasan», dedi.

(A’rof surasi, 143-oyat.)

Oyatda Alloh taolo Muso alayhissalomga toğning öz joyida mustahkam turişini şart qilib qöydi.

Toğning öz joyida mustahkam turişi aqlan mumkin bölgan hodisadir. Mumkin bölgan narsaga boğlangan iş ham mumkinlik doirasidan çiqmaydi.

Demak, bu oyat Alloh taoloni körişning aqlan mumkin ekaniga dalillardan biridir.

Şuningdek, Alloh taolo toğga tajalliy qilganidan keyin uning parçalanib ketganini xabar beradi. Bu hodisa Alloh taoloning qudrati va Uning tajalliysi bilan boğliq bölib, Allohning Zotiga nisbatan jismiylik yoki makon nisbat berilişini anglatmaydi.

  1. Hadisi şariflarda Alloh taoloni köriş:

Alloh taoloni oxiratda köriş masalasi faqat Qur’oni karim oyatlaridagina emas, balki köplab sahih hadislarda ham bayon qilingan.

Bu boradagi hadislar juda köp bölib, muhaddislar ularni turli sahobalardan rivoyat qilganlar. Hatto bir qança ulamolar mazkur hadislarning mutavotir darajaga yetganini ta’kidlaganlar.

Hofiz Ibn Hajar rohimahulloh aytadi: Doruqutniy Alloh taoloni oxiratda köriş haqidagi hadislarning yöllarini jamlagan. Bu hadislar yigirmadan oşadi.

Şuningdek, Yahyo ibn Ma’indan ru’yat haqida ön yettita sahih hadis borligi rivoyat qilingan.

Jarir ibn Abdulloh Bajaliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Biz Rasululloh ﷺning huzurlarida edik. U zot tölin oy keçasida oyga qarab:

“Albatta, sizlar yaqinda Robbilaringizni mana şu oyni körgandek körasizlar. Uni körişda qiynalmaysizlar. Bas, agar quyoş çiqişidan oldingi va botişidan oldingi namozni ado etişda kuç topişga qodir bölsangiz, şunday qilinglar”, dedilar».

(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati. Muttafiqun alayh.)

Uşbu hadisda Payğambarimiz ﷺ  möminlarning Alloh taoloni körişlarini tölin oy misolida tuşuntirganlar.

Bu yerda juda muhim bir aqidaviy noziklik bor: Rasululloh ﷺ Alloh taoloni oyga öxşatmaganlar. Balki Allohni körişning ravşanligini va osonligini oyning körinişiga öxşatganlar.

Ya’ni oy qanday ravşan körinsa, uni körişda odamlar bir-birlariga xalaqit bermasa va köriş borasida şubha qilmasa, möminlar ham Robbilarini şunday ravşanlik bilan köradilar.

Bu hadisda Alloh taoloning Zotini biror maxluqqa öxşatiş mutlaqo nazarda tutilmagan.

Buni quyidagi hadis ham tasdiqlaydi. Rasululloh ﷺ:

«Robbingizni körişda ham bir-biringizga xalaqit bermaysizlar», deganlar.

Demak, öxşatiş körilayotgan narsalarning örtasida emas, balki körişning ravşanligi va osonligidadir.

Imom an-Navaviy rahimahulloh bu hadisni şarhlab, körişning şubhasiz, qiyinçiliksiz va kelişmovçiliksiz sodir bölişi nazarda tutilganini bayon qilgan.

  1. Jannat ahliga beriladigan eng uluğ ne’mat:

Jannat ahliga turli ne’matlar beriladi. Biroq ularning eng uluği Alloh taoloni körişdir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinişiça, Rasululloh ﷺ şunday deganlar: «Jannat ahli jannatga kirganida, Alloh taboraka va taolo: “Sizlarga yana biror narsa qöşaymi?” deydi.

Ular: “Yuzlarimizni oqartirmadingmi? Bizni jannatga kiritib, dözaxdan najot bermadingmi?” deydilar.

Şunda Alloh pardani oçadi. Ularga Robbilariga qaraşdan köra suyukliroq narsa berilmagan böladi».

(Imom Muslim rivoyati.)

Uşbu hadis Alloh taoloni köriş jannat ahliga beriladigan eng uluğ mukofot ekanini oçiq bayon qiladi.

Inson bu dunyoda turli ne’matlarga intiladi: boylik, farovonlik, salomatlik, xotirjamlik va boşqa köplab narsalarni orzu qiladi. Ammo jannatga kirgan möminlar uçun bularning barçasidan ham uluğroq ne’mat — Robbilarining jamolini körişdir.

Şu sababli ahli sunna ulamolari Alloh taoloni körişni jannat ne’matlarining eng oliysi deb ta’riflaganlar.

Bu örinda bir jihatga e’tibor beriş lozim: «Allohni jannatda köramiz», degan ibora ba’zan Alloh taolo jannat içida joylaşgan yoki jannat Uning uçun makon bölgan degan notöğri tuşunçani keltirib çiqarişi mumkin.

Holbuki, Alloh taolo makon va joyga muhtoj bölişdan pokdir. Şu sababli «jannat ahliga Alloh taoloni köriş ne’mati beriladi» yoki «möminlar jannatda Robbilarini köradilar» deb aytiş maqsadga muvofiqdir. Bunda jannat Alloh uçun makon emas, balki möminlar istiqomat qiladigan maskan nazarda tutiladi.

Alloh taoloni köriş qanday sodir böladi?

Bu masalaning eng nozik jihati şundaki, Alloh taolo köriladi, lekin Uning körilişi maxluqotning körilişiga öxşamaydi.

Odatda inson biror narsani körişi uçun u bilan köruvçi örtasida masofa bölişi, körilayotgan narsa muayyan tomonda joylaşişi va köz unga qarama-qarşi turişi kerak.

Ammo bunday xususiyatlar makon egallaydigan jismlarga xosdir. Alloh taolo esa jism, makon, çegara va tarafdan pokdir.

Şuning uçun Alloh taoloni körişda ham maxluqotga xos bölgan şartlarni tasavvur qiliş notöğridir.

Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga köra:

Alloh taolo kayfiyatsiz köriladi.

Uni köriş uçun biror tomonda joylaşişi şart emas.

Alloh taolo bilan möminlar örtasida masofa bölmaydi.

Alloh taolo körilganida jism, surat va şaklga ega bölmaydi.

Körilganida Alloh taolo maxluqotga öxşatilmaydi.

Bu aqidaviy qoida Qur’oni karimdagi quyidagi oyatga asoslanadi:

﴿لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ ۖ وَهُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ ۝﴾

«Unga öxşaş heç narsa yöq. U Eşituvçi va Köruvçidir».

(Şöro surasi, 11-oyat.)

Demak, Alloh taoloni köriş Uning maxluqotga öxşaşligini anglatmaydi. Aksinça, biz Alloh taoloni köriş haq ekaniga iymon keltiramiz, biroq bu körişning qandayligini tasavvur qilişga urinmaymiz.

Hidoyat imomi Abu Mansur al-Moturidiy rahimahulloh bu masalani quyidagiça bayon qilgan:

«Robbimiz azza va jallani köriş haq va lozimdir. Bunda Uni qamrab anglaş ham, qandayligini belgilaş ham yöq».

Yana u zot Alloh taoloning qanday körilişi haqidagi savolga javoban, Uning körilişi surat, şakl, turiş, ötiriş, yonboşlaş, tutaşiş, ajraliş, qarama-qarşi turiş, pastlik va balandlik kabi maxluqotga xos holatlarsiz bölişini ta’kidlaganlar.

Bu esa Moturidiy aqidasining asosiy qoidalaridan biri — Alloh taoloni maxluqotga öxşatmasdan taniş va Uning sifatlarini tasdiqlaş aqidasiga muvofiqdir.

Alloh taoloni bu dunyoda köriş mumkinmi?

Alloh taoloni oxiratda köriş haq ekaniga iymon keltiriş bilan Uni bu dunyoda köriş masalasini bir-biridan farqlaş lozim.

Ahli sunna ulamolarining qaraşiga köra, Alloh taoloni bu dunyoda köz bilan köriş aqlan mumkin, ammo şar’an mumkin emas. Muso alayhissalom Allohdan Özini körsatişini söraganlari, bu dunyoda Allohni köriş aqlan joiz ekaniga dalil böladi. Lekin şariat Allohni körişni jannatda möminlarga xoslab qöydi.

Rasululloh ﷺ bu haqda şunday deganlar:

«Bilingki, sizlardan heç kim vafot etmaguniça azza va jalla Robbini körmaydi».

(Imom Muslim rivoyati.)

Uşbu hadis insonlarning vafot etişidan oldin Alloh taoloni köz bilan körmasliklarini bayon qiladi.

«Şaksiz, idroksiz va timsolsiz köriş» nimani anglatadi?

Alloh taoloni köriş masalasini tuşuntirişda yana bir muhim tuşunça mavjud. Bu — Uni şak-şubhasiz, idroksiz va timsolsiz körişdir.

Şaksiz köriş — möminlarning Alloh taoloni körişlarida heç qanday gumon va şubha bölmasligini anglatadi. Bu köriş aniq va ravşan böladi.

Idroksiz köriş — Alloh taoloni köriş bilan birga Uni töliq qamrab oliş, mohiyatini anglaş yoki qandayligini biliş mumkin emasligini anglatadi. Çunki Alloh taoloning Zotini heç bir maxluq ongida qamrab ololmaydi.

Timsolsiz köriş — Alloh taoloni biror surat, şakl yoki tasavvur qilingan körinişda köriş emas, balki U Zotni barça öxşaşliklardan pok deb e’tiqod qilgan holda körişdir.

Şunday ekan, möminlar Alloh taoloni köradilar, ammo Uni xayollarida tasavvur qilgan surat va şakllarda emas. Çunki Alloh taolo tasavvur qilinadigan barça maxluqot xususiyatlaridan pokdir.

Xulosa

Alloh taoloni oxiratda köriş — ahli sunna val jamoa aqidasining muhim masalalaridan biridir. Bu e’tiqod Qur’oni karim oyatlari, sahih hadisi şariflar va ummat ulamolarining ittifoqi bilan sobit bölgan.

 

Xoja Buxoriy örta maxsus islom ta’lim muassasasi öqituvçisi Muhammad Mirmaxamatov