KÖNGIL RANGI – DUNYO RANGI
3

Bir köçadan ikki kişi ötadi. Biri “Bu qanday gözal olamki, hamma joyda Yaratganning ne’matlari bor”, deb hayratlanadi. Ikkinçisi “Hamma narsa xarob, odamlar yomon bölib ketdi”, deb öksiydi. Köça bir, közlar bir, ammo dunyoqaraş ikkita. Farq u ikkisining közida emas, qalbida.
Qur’oni karim bu haqiqatga quyidagiça axborot berildi:
أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَا أَوْ آذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى الْأَبْصَارُ وَلَٰكِن تَعْمَى الْقُلُوبُ الَّتِي فِي الصُّدُورِ
“Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eşitsalar. Zero, közlar kör bölmas, köksilardagi qalblar kör bölur” (Haj, 46). Demak, köriş ikki xil ekan, biri boş suzagidagi köriş, ikkinçisi qalb közi bilan köriş. Birinçisi hammanda bor, ikkinçisini esa tarbiya qiliş kerak.
Qalb butun vujudga nisbatan podşoh maqomida böladi. Rasululloh alayhissalom şunday marhamat qilganlar: “Ogoh bölinglar! Albatta, jasadda bir parça göşt bordir. Qaçon u solih (yaxşi) bölsa, jasadning hammasi solih bölur. Qaçon u buzuq bölsa, jasadning hammasi buzuq bölur. Ogoh bölinglar! Öşa narsa qalbdir” (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Bu hadisdan aniq böladiki, insonning sözi, nazari, hukmi va xulqi qalbidagi narsaning aksidir. Qalb pokiza bölsa, undan çiqqan har bir narsa pokiza böladi. Qalb kirlangan bölsa, eng gözal manzara ham unga xira körinadi. Har kim öz tabiatiga köra iş tutadi. Qur’onda şunday deyiladi: “Sen: “Har kim öz holiça amal qilur. Bas, Robbingiz kim töğri yöldaligini yaxşi bilguvçidir”, deb ayt”(Isro, 84). Ya’ni har bir inson öz tabiati va e’tiqodiga muvofiq iş tutadi, kim haqiqiy hidoyat va töğri yölda ekanligi esa faqat Allohga ayondir. Bir xil voqea birovni şukrga, birovni şikoyatga yetaklaydi. Bir xil mol-dunyo birovni saxovatli, birovni baxil qiladi.
Şoir atganidek bu dunyo:
Illat izlaganga illatdir dunyo,
Ğurbat izlaganga ğurbatdir dunyo.
Kim neni izlasa, topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
Rasululloh alayhissalom yana bir boşqa hadislarida: “Amallar niyatlarga qarab böladi” (Buxoriy, Muslim). Niyat qalbning işi. Şuning uçun ham ikki kişi bir xil işni qilsa-da, savobi har xil bölişi mumkin. Şunday amallar borki, ularning körinişi dunyoviy amal biroq niyatning gözalligi ila oxirat amaliga aylanadi va uning sohibi ulkan savobga erişadi.
Boşqa bir hadisda şunday ogohlantiriladi: “Kişi “odamlar halok böldi” desa, özi ulardan köra halokroqdir” (Muslim rivoyati). Hamma yomon, hamma buzilgan deb hisoblaş köpinça öz qalbidagi buzilişning aks-sadosidir. Şuning uçun hazrati Umar roziyallohu anhu aytadilarki: “Agar dunyoda bir dona yaxşilik qolgan bölsa-da şuni gapiriş kerak, umidni uzmalik kerak”. Çunki farişta yaxşi gapga ham yomon gapga ham omiyn deydi.
Dunyo bir közgu kabidir. Unga xafa bölib boqsang, xafalik körasan. Şukr bilan boqsang, ne’mat körasan. Şuning uçun dunyoni özgartirişdan oldin qalbni özgartiriş kerak. Qur’on bu qoidani oçiq aytadi: «Albatta, Alloh bir qavm öz holini özgartirmagunça, ularning holini özgartirmas» (Ra’d, 11). Musulmon inson payğambarlar, valiy zotlar va taqvodorlar kabi Alloh taoloning huzuriga “soğlom qalb” bilan kelsagina najot topadi. Keling, dunyoga şikoyat nazari bilan emas, ibrat nazari bilan boqaylik. Toki bu közguda biz gözal suratni köraylik.
Utkir Maxmudov
Xoja Buxoriy islom ta’lim muassasasi öqituvçisi
