Vatan himoyasi – ajri ulug‘ amal

 Vatan himoyasi – ajri ulug‘ amal
Islom dinida shariatga zid bo‘lmagan har qanday kasb-hunar, har qanday soha vakili qadrlanadi. Jamiyat rivoji, aholi farovonligi uchun qilingan zarra amal ham e’tirofsiz, mukofotsiz qolmaydi. Balki har qanday yaxshi amal rag‘batlantiriladi. Bu haqda Qur’oni karimda bnday deyiladi: “Kim bir yaxshilik qilsa, unga o‘n barobar qaytarilur…” (An’om surasi, 160-oyat).

Oyatdan ma’lumki, Alloh taolo kim qaysi soha va qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar, bir yaxshi amal qilgan kishini o‘n barobar mukofot bilan taqdirlashi nafaqat xizmatni taqdirlash, balki rag‘batlantirish hamdir. Bunday misollar Qur’oni karim va hadisi shariflarda ko‘p uchraydi.

Mukofoti ulug‘ va e’tiborga sazovor amallardan biri bu – Vatanni qo‘riqlash, uni turli g‘arazli kimsalarning yurt va kishilar xotirjamligiga solmoqchi bo‘lgan raxnalaridan ogoh bo‘lib turishdir. Bu haqda Muoviya ibn Hayda roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: “Uch (toifa kishilarning) ko‘zlari jahannamni ko‘rmaydi: Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z, (Allohdan) qo‘rqqani tufayli yig‘lagan ko‘z va Alloh harom qilgan narsalar (ya’ni, nomahramlarga nazar solish)dan tiyilgan ko‘z” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Bu uch toifa insonga Alloh taolo tarafidan eng katta mukofot va taqdir beriladi. Ulardan dastlabkisi “Alloh yo‘lida qo‘riqchilik qilgan ko‘z…” deya xoh chegarada, xoh yurt ichida bo‘lsin Vatanni va ushbu diyorda yashayotgan insonlar xotirjamligi yo‘lida bedor bo‘lgan kishi zikr qilinmoqda. Demak, Allohning roziligi uchun vatan himoyasida qo‘riqchilik qilish nihoyatda xayrli amaldir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sahobalarga: “Sizlarni Alloh xatolarni ŭchiradigan, darajalarni kŭtaradigan narsaga dalolat qilaĭigmi?” dedilar. Ular: “Albatta, eĭ Allohning Rasuli”, deĭishdi. U zot: “Qiĭinchiliklarga qaramaĭ, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo‘ldan borish va namozdan sŭng (keyingi) namozni intizor bŭlib kutish. Ana ŭsha siz uchun “murobitlik”dir”, dedilar» (Imom Muslim, Imom Termiziĭ va Imom Nasoiĭlar rivoyati).

Islomda musulmonlarni dushmanlar hujumidan himoya qilish uchun shaĭ bŭlib, chegarani qŭriqlab turgan odam “murobit” deĭiladi. Hadisda mazkur amallarni ado etish uchun havoĭi nafslarini jilovlab turganlari sababidan “murobit” deb atalmoqda. Ular ham chegarada vatan himoyasiga shaĭ turgan murobitga ŭxshatilmoqda.

Demak, “murobit”, ya’ni, mo‘minlarni himoyasi uchun chegarada turgan kishilarning xatolari kechiriladi va darajalari ko‘tariladi. Qolaversa, bu amalning qiymati va fazilati ulug‘ligidan “Qiĭinchiliklarga qaramaĭ, yaxshilab tahorat olib, masjidlarga uzoq yo‘ldan borish va namozdan sŭng (keyingi) namozni intizor bŭlib kutish”ning savobi ham aynan ushbu amalga beriladigan ajrlarga tenglashtirilmoqda.

Har bir musulmon kishi o‘zi yashab turgan yurt himoyasi uchun, mo‘minlarning xotirjamligi uchun hissa qo‘shishi lozim.

So‘zimiz so‘ngida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz sarhadlarida yigitlik burchini sharaf bilan o‘tayotgan askarlarimiz, chegarachilarimiz va fidoyi o‘g‘lolarimizni samimiy tabriklaymiz. Mashaqqatli va sharafli xizmatlari uchun Alloh taolo ularga bitmas ajrlar, mukofotlar ato etsin.

Yorbek ISLOMOV,

Olmazor tumanidagi “Mevazor” jome masjidi imom noibi