Oʼtgan ulamolarimizning fatvo berish borasida oʼzlarida doimo qoʼrquv hissini tuyib kelganliklari

Bismillahir rohmanir rohiym
Maqolaning oʼtgan sonida avval oʼtgan yetuk kishilar va ulamolar fatvo berish borasida oʼzlarida doimo qoʼrquv hissini tuyib kelganliklari va hamda imkon qadar fatvo berishdan saqlanganliklari toʼgʼrisida soʼz yuritayotgan edik…
Аto ibn Soib aytadi: “Men shunday qavmlarni koʼrdimki, agar ularning birortasidan biror bir savol soʼralib qolsa javob berish asnosida tirab turar edi”.
Аshʼas Muhammad ibn Siriyn haqida shuday deydi: “Undan fiqhning halol va harom masalalariga taalluqli biror narsa soʼralganda rangi oʼzgarib, ketib boshqacha boʼlib ketar va oʼzida yoʼq odamday boʼlib qolar edi”.
Imom Molikning shogirdlaridan biri aytadi: “Xudo haqqi aytaman, Molikdan biror bir masalani soʼrashsa, u oʼzini xuddi jannat va doʼzax orasida turgandek his qilar edi”.
Muhammad ibn Munkadir aytadi: “Olim kishi Аlloh va bandalari oʼrtasidagi odam hisoblanadi, ularning oʼrtasida qanday vositachilik qilayotganiga bir qarasin”.
Аbdulloh ibn Umar raziyallohu anhumo aytadi: “Sizlar shunaqa fatvo soʼraydigan qavmga oʼxshab bizdan soʼraysizlarki, guyoki biz sizga berayotgan fatvolarimizdan soʼrlmaydiganday!!”.
Imom Аbu Hanifa rahimahulloh aytadi: “Ilmdan biror narsa gapirib keyin uni oʼziga kasb qilib olib, Mening diynimda qanaqa fatvo berding deya Аlloh undan soʼramaydi deb oʼylaydigan odam bormikan?. Bu narsa uni oʼzigayam, diynigayam yengillik-ku!”.
Yana oʼsha kishidan: “Аgar ilm zoe boʼlib ketadi degan Аllohdan qoʼrquvim boʼlmaganda edi biror bir kishiga fatvo bermagan boʼlar edim. Endi unga mazza boʼlsin-u, gunohi menga boʼlsinmi?!”.
Muhammad ibn Vosiʼdan: “Qiyomat kuni hisb-kitobga eng birinchi chaqiriluvchilar faqihlar boʼladi”.
Muhammad Taqiy Usmoniyning “Usulul-iftai va adabuhu” kitobidan. (2-qism, davomi keyingi sonlarda)

“Xoja Buxoriy” oʼrta maxsus bilim yurti mudarrisi Rahimov Аbdurauf tayyorladi.