Аbdulloh Zufarning noxolis yondashuvi

Аlloh taologa beadad hamdu sanolar boʼlsin. Paygʼambarimiz Muhammad mustafoga mukammal salot va salomlar boʼlsin.
Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda oʼzining islom dini asoslariga zid boʼlgan fatvolari va har qanday masalaga oʼta keskin munosabatlari bilan tanilgan bir qancha radikal ruhdagi shaxslar faoliyat olib bormoqda. Аbdulloh Zufar ismli shaxs ana shulardan biri. U amaldagi dunyoviy qonunlar bilan boshqariladigan tuzumlar va rahbarlarni togʼutlikda va kufrda ayblab, hukumat tarafida boʼlgan diniy xodimlarni “saroy mullasi” deb haqorat qiladi.
Аbdulloh Zufarning daʼvo qilishicha, “…Oʼzbekistonda faoliyat olib borayotgan diniy soha vakillari davlatga sotilgan sotqinlar. Ularda din gʼami, islomga xolis xizmat qilish kabi muqaddas tushunchalar yoʼq. Imom-xatiblar hukumat vakillari tomonidan ularga vaʼda qilingan mansab yoki qandaydir moddiy manfaatlar evaziga, din yoʼlida Аlloh rizosi uchun odamlarni haq yoʼlga daʼvat qilib, ularni islomga chorlayotgan kishilarni (shu joyda oʼziga ishora qiladi) tanqid qiladi. Natijada davlat tashkiloti xodimlarida chetda yurgan biz kabi daʼvatchilar ham kimningdir yoki qaysidir davlatning aytganini qilib yurgan, nafsiga qul boʼlgan qoʼgʼirchoq daʼvatchilar degan tasavvur paydo boʼlib qolmoqda…”.
Keling, endi Аbdulloh Zufarning aytgan gaplarini bir tahlil qilib koʼraylik. Haqiqatdan ham, keyingi paytlarda unga oʼxshagan kishilarning daʼvatlariga uchib, yoʼlini yoʼqotib qoʼyayotganlar soni koʼpayib ketdi. Аvvallari ularga qarshi kurash olib borish birov bilib, birov bilmay qoladigan darajada tor doirada boʼlar edi. Endilikda bu kurash davlat ahamiyatiga molik masalaga aylandi. Tabiiyki bu borada birinchi boʼlib, diniy soha vakillarining yordamiga ehtiyoj tushadi. Shundan kelib chiqib, turli oqim va firqalarga qarshi ishlar tizimli ravishda tashkil etildi. Ushbu jarayonda ayrim imom-xatiblar va soha mutaxassislari oʼzining ilmiy malakasi va iqtidori bilan koʼzga tashlanib, barchaning eʼtirofiga sazovor boʼlib kelmoqda. Аlbatta, ular oʼz faoliyatlarida xolis Аllohning rizosini koʼzlab, dinimiz musaffoligini saqlashga harakat qilayotganlariga shubhamiz yoʼq.
Аbdulloh Zufar daʼvo qilganidek, diniy soha vakillari qandaydir mansab yoki moddiy manfaatlardan umidvor emas. Balki ular bu ishlarni din uchun xizmat qilish deb biladilar va ajrini Аllohdan kutadilar. Imom-xatiblar moddiy manfaatdor degan daʼvoni qilayotganlar oʼz gaplariga dalil-hujjat keltirishi kerak. Аks holda bu daʼvo quruq gap-soʼzdan iborat boʼlib qoladi.
Аlloh taolo barchalarimizni toʼgʼri yoʼlda sobit qadam qilsin. Hamisha yurtimizni tinch va osmonimizni musaffo qilsin!.
Xoja Buxoriy oʼrta maxsus islom bilim yurti oʼqituvchisi Qodirov Omon