Moturidiylik taʼlimotining afzalliklari va bugungi kundagi ahamiyati

2021 yil 02 mart kuni «Xoja Buxoriy» oʼrta maxsus islom bilim yurtining 1-2 kurs talabalari bilan «Moturidiylik taʼlimotining afzalliklari va bugungi kundagi ahamiyati» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda bilim yurti ustozlari tomonidan Imom Moturidiy hazratlarining hayoti va faoliyati haqida hamda Moturidiylik taʼlimotining afzalliklari va bugungi kundagi ahamiyati mavzusida maʼruza qildilar.
Darhaqiqat, Аbu Mansur Moturidiy izlanishlari, mashaqqatli mehnati, aql-zakovati bilan yot gʼoyalarga qarshi tura oldi. Ishonch bilan aytish mumkinki, ahli sunna val jamoa aqidasini saqlab qolishda, rivojlantirishda Imom Moturidiyning xizmatlari beqiyosdir.
Imom Moturidiy nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun islom olamida oʼz munosib oʼrniga ega boʼlgan diniy arboblardan hisoblanadi. Chunki, alloma yashagan davrda, islom dinida turli guruh va firqalar soni koʼpayib ketganligi sababli koʼplab ixtiloflar kelib chiqqan. Аna shunday vaziyatda Imom Moturidiy islom dinining asl mohiyatini ochib berish, sof islomiy aqidani saqlab qolish borasida beqiyos ishlarni amalga oshirgan.

Bilim yurti matbuot xizmati