“Ilmli yoshlar–yurt kelajagi” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi

Joriy yilning 1 mart kuni “Xoja Buxoriy” oʼrta maxsus islom bilim yurti talabalari ishtirokida Oʼzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʼrinbosari Oʼ. Hasanbaev va Oʼzbekiston musulmonlari idorasi raisining Qashqadaryodagi vakili, viloyat bosh imom xatibi R. Usmonovlar “Ilmli yoshlar–yurt kelajagi” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi boʼlib oʼtkazdilar.

Mazkur uchrashuvdan maqsad talaba yoshlarni imon-eʼtiqodi mustahkam, ilm-maʼrifatli, jismonan sogʼlom, maʼnaviy va ruhiy jihatdan barkamol avlod qilib tarbiyalashdir. Zero, aynan jismonan sogʼlom va aqlan salohiyatli yoshlar oʼz yurtining qudrati va ravnaqiga zamin yaratadi.

Mazkur uchrashuvda yoshlarni asosan rostgoʼylik, vaʼdaga vafo, omonatdorlik, kattaga hurmat, kichikka izzat, oʼzgalarga mehr-oqibatli boʼlish kabi fazilatlar sohibi boʼlishlari, davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan yuksak eʼtiborning qadriga yetib, oʼz vaqtida chuqur ilm egallab, men albatta kelajakda elimga, yurtimga xizmat qilaman, deb harakat qilish har bir talabaning asosiy maqsadi boʼlmogʼi lozimligi taʼkidlandi.
Bilim yurti matbuot xizmati