“Yoshlarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish”

Joriy yilning 20 fevral kuni bilim yurtining 4-kurs talabalari ishtirokida fiqh fanidan “Yoshlarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish” mavzusida 3 soatlik o‘quv semenari bo‘lib o‘tdi.

Unda fan o‘qituvchisi Hayrullo Mardonov bitiruvchi talabalarni kelajakda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishni davom ettirishlari hamda ilmiy salohiyatlarini oshirish hamda bo‘lajak imom-xatiblar faoliyati davomida kerakli va zarur bo‘lgan fiqhiy masalalarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati tomonidan chiqarilgan fatvolar asosida o‘rganib, o‘z bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ta’kidlandi.
Imom xatiblar uchun zarur bo‘lgan janoza to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ya’ni, janoza va unga tegishli masalalar, muhtazar va u bilan bog‘liq ishlar, jon uzilgandan keyingi amallar, mayitni tahorat va g‘usl qildirish, kafanlash va dafn marosimlari o‘tkazish to‘g‘risida shuningdek, janoza marosimidagi bid’at xurofotlar, janoza marosimi borasida mazhablar o‘rtasidagi farqlar, janoza namozining hukmi hamda janoza va dafn marosimlari borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasining fatvolari bo‘yicha masalalar aytib o‘tildi.

Bilim yurti matbuot xizmati