Muftiy hazratlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdilar

Farg‘ona viloyatida diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish, imom-xatib va namozxonlar bilan uchrashish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi holidan xabar olish maqsadida bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovlar viloyatga tashrif buyurdi. Mehmonlarga Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qilmoqda.

Tashrif tafsilotlarini saytimiz va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.