Muftiy hazrat Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan diniy soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdilar. Mehmonlarga Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qilmoqda.Mehmonlar dastlab Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar hamda imom-noiblari bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot davomida mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik ommasiga yetkazishda imom-xatiblar hamda imom-noiblarning o‘rni haqida so‘z bordi.

Shuningdek, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, xususan, joriy yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilgani, yoshlarni sof Islom ta’limotlari asosida, vatanga sadoqat ruhi bilan tarbiyalashda nafaqat imom-xatiblar, balki imom-noiblarining ham mas’uliyati yuksak ekani alohida qayd etildi.

Jumladan, imom-xatib va imom-noiblarning joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va sog‘lomlashtirish, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurashish, bu borada diniy soha xodimlarining mas’uliyatini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida imom-xatiblar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob oldilar.

Tashrif davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdilar. Mehmonlarga Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va boshqa mutasaddilar hamrohlik qilmoqda.

Mehmonlar dastlab Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar hamda imom-noiblari bilan uchrashib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazdilar.