“Bemazhablarning noto‘g‘ri fatvolari, o‘zaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 2 fevral kuni “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabalari ishtirokida “Bemazhablarning noto‘g‘ri fatvolari, o‘zaro ziddiyatlari va ularga raddiyalar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov olib borib, davlatimiz Rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida va bunga javoban ular yurtimiz taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shmog‘i hamda bor diqqat-e’tiborini bilim olishga qaratishi lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bugungi kunda oliy ne’mat bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikka rahna solayotgan turli g‘arazli kuchlar ularning soxta da’volari va g‘oyalarining asl maqsadini aniq misollar orqali yoritib, Qur’oni karim va hadisi shariflar asosida ilmiy raddiyalar keltirib o‘tdi. Shu bilan birga, tadbirda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan axborot xurujlaridan asrash, xavfsiz internet muhitini shakllantirish uchun Prezidentimizning “jaholatga qarshi ma’rifat” – ulug‘vor g‘oyasini bosh mezon sifatida olish kerakligi alohida ta’kidladi.
Bilim yurti matbuot xizmati