Islom Karimovning ezgu ishlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Islom Karimovning ezgu ishlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

30 yanvar – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Har yili bu sanani nishonlash, marhumni xotirlash ezgu an’anaga aylangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Birinchi Prezidentimiz xotirasigahurmat ko‘rsatdi.

Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ezgu ishlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Marosimda Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, poytaxt jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

 

Манба: https://uza.uz