Piri yo‘qning dini yo‘qmi?…

Ba’zan bu dunyodan voz kechib, uzlatni ixtiyor qilib, asosiy ishlarni unutib qo‘yayotganlarni eshitib qolamiz. Ma’lumki ilm olish nafl ibodatdan afzal degan iborani zamirida ulkan ma’no bor. Ilm o‘rganish, o‘zgalarga o‘rgatish, farzand tarbiyalash, chiroyli oila barfo etib, doimo yaxshilik yo‘lida yo‘rish, yaxshi fikr yuritish, rost so‘zlash, go‘zal amallar qilish bilan insoniylik martabasini oshirish mumkin. Biroq sufiylik rohiblik emas. Rohiblikdan jiddiy farqi bor, rohiblik degani tarki dunyochilik degani, bu islom diniga juda ham yot g‘oyaa bo‘lib, oyat va hadis mutlaqo rad qiladi.

Lekin soxta tariqatchilarning e’tiqodi nasroniylarnikiga juda o‘xshaydi. Masalan nasroniylar o‘zlarini gunohini xudodan so‘ramay popdan so‘raydi yoki unga iltimos qiladi duo qilishini o‘rtada turub berishini. Soxta tariqatchilar ham pirlarini o‘rtaga qo‘yib undan iltimos qiladi, duo qilishini, qazo namozlarini o‘qimasliklarini, qazo bo‘lgan ro‘zalarini tutmasalar pir xudodan so‘rab berishini, qiyomat kuni pir uzini emas muridlarni gunohini xudodan surab shafoat qilishligini so‘raydilar. Mana shu jihatlarda nasroniylarga juda o‘xshaydilar.

Pirlarning maqsadlari

Ularning fikricha, har bir musulmon kishining piri bo‘lishi joiz emish. Pir esa ma’naviy rahnamo bo‘lib, uning har bir so‘zi murid uchun vojibdir.

Hatto bunday tariqat peshvolari tamonidan piri yo‘qning dini yo‘q degan soxta gaplar tarqatilmoqdaki, bu ularning g‘arazli niyatlari yo‘lida har qanday chirkin hatti – harakatdan toymasligini tasdiqlaydi. Xullas pirlarning maqsadi mo‘’min – musulmonlarga rahbarlik qilish.

Soxta tariqatchilarning da’volari

1.Pirga qo‘l berish vojib, piri yo‘qning piri shayton.

2.Pirga qo‘l bergan kishining qazo namozlari soqit bo‘ladi.

3.Qazo namozlarining soqit bo‘lishligi.

4.Puxta ilm olishlik shart emas ilm shaytonda ham bo‘lgan.

5.Farzanlarini maktabga o‘qishga qo‘ymaslik.

6.Pirni suhbatidan bahramand bo‘lish uchun hamma ishni yig‘ishtirish.

7.Yasama tish qo‘ygan imomni orqasidan namoz o‘qish mumkin emas.

8.Namozdan keyin qur’on tilovati makruh.

9.Qo‘lni yuvgandan keyin artishlik mumkin emas.

10.Chap qo‘l bilan sindirilgan nonni yemaslik.

11.Jamoat tadbirlarida ishtirok etmaslik.

12.Pirga qo‘l bermaganning namozlari qabul qilinmaydi.

13.Pir tahorat qilgan suv muqaddas sanalishligi.

14.Pirning ismini aytish mumkin emas ( Hazrat) deb murojat qilish.

15.Pirning uyi tomon oyoq uzatish yoki tahorat qilish mumkin emas.

16.Pirga qo‘l berib inobat qilib qo‘l berish farzi ayn deb, qo‘l bermaganlar kofirlar deb e’tiqod qilishliklari.

17.Tahajjud namozini farz deb niyat qilishlik.

18.Kun chiqayotganda, qiyom paytida va kun botayotgan paytida (asrdan boshqa) namoz o‘qish makruh bo‘lishiga qaramasdan, joiz deb fatvo berishliklari.

19.Allohni shu dunyoni o‘zida ko‘rish mumkin deb e’tiqod qilishliklari.

20.Yoqali ko‘ylak yoki kastyum kiygan kishi kofir deb e’tiqod qilishliklari.

Raddiyalar

Payg‘ambarimiz (s.a.v) muborak hadislaridan birida shunday deydilar; Ummatimning eng yaxshisi oxirat ishi deb dunyo ishini dunyo ishi deb oxirat ishini qoldirmaydiganlaridur. dedilar.

Hadid surasining 27- oyatidarohiblik ya’ni tarki dunyochilik yo‘q ekanligini xabarini robbim zikr qilib bizga ta’limini berib qo‘yibdi.

ورهبانيةُ ابتدعوها ما كتبناها عليهم الا ابتغاء رضوان الله فما رعوها حق رعايتها فئاتينا الذين ءامنوا منهم اجرهم و كثير منهم فاسقون

Rohiblikni o‘zlari chiqarib oldilar.Biz buni ularga farz qilmagan edik, faqat uzlari Allohning roziligini tilab qildilar, lekin haqiqiy rioyasini qila olmadilar. Bas, ulardan iymon keltirganlariga ajrlarini berdik, lekin ularning ko‘pi fosiqdurlar. ( hadid 27 oyati)

Payg‘ambarimiz (s.a.v) hadisi shariflaridan birida shunday marhamat qildilar va bizga ta’limot berdilar :

لا رهبانية في الاسلام

Islomda rohiblik ( tarki dunyochilik) yo‘q.

A. Bozorov, Tafsir fani o‘qituvchisi