Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi qachon bitishiga aniqlik kiritildi

Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi qachon bitishiga aniqlik kiritildi

Toshkentdagi Islom madaniyat markazi qurilish ishlarini 2021 yilning oxirgi choragigacha tugatish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 119 million dollarga teng. Bu haqda 2021-2023- yillarga mo’ljallangan investitsiya dasturida ma’lum qilindi

O’zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarovning ma’lum qilishicha, markazning ma’muriy va asosiy binolarini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi ishlarga homiylik qilayotgan tadbirkor Alisher Usmonov Islom tsivilizatsiyasi markaziga qiymati 8 million dollarga teng bo’lgan 4 ming 923 nomdagi nodir kitoblar kollektsiyasini tuhfa qilgan.

Ma’lumot uchun, 2017 yili prezident Shavkat Mirziyoev Hazrati Imom (Hastimom) majmuasida bo’lib, mazkur markaz qurilish loyihasi bilan tanishgandi. Markaz qurilishini milliarder Alisher Usmonovga tegishli Rossiyaning «USM Noldings Limited» kompaniyasi moliyalashtirmoqda. Qurilish ishlari 2019-2021 yillarda amalga oshirilishi belgilangan.

 

O’zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*

code