“Kitob-insonni komillikka yetaklaydi”

Talaba yoshlarda kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin yaratish maqsadida 22-24 fevral kunlari «Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Kitob-insonni komillikka yetaklaydi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan Axborot-resurs markazida saqlanayotgan fiqhiy, aqidaviy, tasavvuf va arab tili grammatikasiga oid 100 dan ziyod qo‘lyozma va toshbosma asarlar hamda badiiy ilmiy — ommabop adabiyotlar joy oldi. Shuningdek, bilim yurtiga yangi keltirilgan kitoblar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Bilim yurti matbuot xizmati