“Yaxshiga qilsang yaxshilik – ham aytadi, ham qaytadi…”

“Yaxshiga qilsang yaxshilik – ham aytadi, ham qaytadi…”

Bismillahir Rohmanir Rohim!

Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Payg’ambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo’lsin!

Muhtaram dinimiz jonkuyarlari bo’lgan Diniy idoramiz xodimlari, ulamolarimiz, bosh imom-xatiblarimiz, masjidlar imom-xatiblari, imom noiblari, diniy ta’lim muassasalar rahbarlari, o’rinbosarlari, ustoz-murabbiylari va otinoyilarimiz, avvalo, xalqni hidoyat yo’liga boshlashdek g’oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag’ishlagan Siz, azizlarni beqiyos xizmatlaringizni yuksak qadrlab, barchalaringiz(!)ga  cheksiz hurmatim va chuqur ehtiromimizni izhor etishga ruxsat bergaysizlar!

Mo’min-musulmonlarimiz sizlarni dunyodagi eng ulug’ kasb sohiblari, muborak dinimiz vafodorlari, o’z ishiga fidoyi insonlar va “Payg’ambarimiz merosxo’rlari” deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak darajada qadrlaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya sharoitida chinakam peshvo bo’lib, maydonga chiqayotganingiz har qanday tahsin va ko’pdan-ko’p  tasannolarga  munosibdir!

Bu mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o’z hayotini xavf-xatarga qo’yib, jasorat va matonat namunasini ko’rsatib kelayotgan barcha diniy soha xodimlariga yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiramiz!

Ma’lumki, 2020 yil har bir soha kabi bizning tizim uchun ham mislsiz sinov, ayni vaqtda yangi tajriba orttirish yili bo’ldi. O’z vaqtida Rahbariyatimiz tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlarimiz bugun ijobiy natija berayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Yakunlangan yilda butun dunyoga koronavirus pandemiyasi tarqalib, insonlar hayotiga katta xavf tug’dirdi. Yurtimizda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ko’rilgan tezkor chora-tadbirlar, dono xalqimizning chuqur tushunishi, keng tafakkuri va o’ziga xos sabr-toqati bilan bu ofat Haq taoloning madadi ila jilovlanib, ommaviy yoyilib ketishining oldi olindi.

Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan COVID-19 davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda olijanoblik namunasini ko’rsatgan, mehr-oqibat, saxovat va olihimmatlik fazilatlarini ulug’lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularga beminnat ko’mak berish borasidagi ishlarga katta hissa qo’shgan, hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, ezgu ishlari bilan ko’pchilikka o’rnak bo’layotgan QADRLI VA TABARRUK  ULAMOLARIMIZ, MUHTARAM VA HURMATLI IMOM-DOMLALARIMIZ, AZIZ VA QIMMATLI  MUDARRISLARIMIZ, MUShTIPAR VA MUNIS  OTINOYILARIMIZ, MASJID-MADRASALARIMIZ BEBAHO VA MEHNATKASh XODIMLARI hamda SEVIMLI VA SUYuKLI  TALABALARIMIZning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak.

Ta’kidlash kerakki, COVID-19 balosi boshimizga tushgan sinovlar sharoitida va’zu irshodlar natijasida mo’min-musulmonlarimiz: “Ey, imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam so’rangiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir” (Qur’oni karim Baqara surasi 153 oyat), degan ilohiy bashoratga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, sabr va toat-ibodat ila hamjihatlikning yuksak namunasini ko’rsatdilar. Bu yil karantin tufayli ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan qiyinchiliklarni ham to’g’ri tushunmoqdalar. Bugungi qiyinchiliklar albatta o’tib ketib, Xudo xoxlasa, kelgusida xursandchilik kunlarni birga-birga nishonlaymiz.

Yurtimizda koronavirus davrida muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan xalqimiz salomatligini, fuqarolarimiz osoyishtaligini ko’zlagan holda bir qator chora-tadbirlar qo’llandi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan ishlarning samarasi o’laroq, aholi soniga nisbatan olinganda MDH davlatlari orasida kasallik tarqalishining oldini olish bo’yicha eng yaxshi ko’rsatkich aynan bizning mamlakatimizga to’g’ri keldi. Haqiqatan ham, sohaning etuk ekspertlari xulosasiga ko’ra, O’zbekiston ushbu pandemiyadan eng kam talofat ko’rgan davlat sifatida chiqadi, deb baholanmoqda.

Bu og’ir sinov davrida O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi tomonidan mo’min-musulmonlar uchun bir qator murojaatlar va bayonotlar e’lon qilindi hamda ularning mazmun-mohiyati Siz azizlar tomonlaringizdan keng va batafsil tushuntirildi. Jumladan:

  • koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo’yicha fatvo e’lon qilindi;
  • mamlakat musulmonlariga karantin tartiblariga qat’iy amal qilish to’g’risida murojaat yo’llandi;
  • pandemiya davrida dafn etish marosimlarini qanday o’tkazish bo’yicha tavsiyalar berildi;
  • imom-xatiblar tomonidan kasallik tarqalishining oldini olish, aholining ehtiyojmand qatlami bilan xayriya tadbirlarini tashkil etish yo’nalishidagi ishlar jadal olib borildi;
  • “Vabo insonlar uchun bir sinov” nomli kitob va bukletlar nashr etilib, keng miqyosda tarqatildi.

O’zbekistonlik etuk ulamolarimiz, notiq imom-xatiblarimiz tomonlaridan karantin ko’rsatmalariga amal qilish, ushbu sinovli kunlarda vahimaga berilmaslik, yaxshi kunlarga intilib yashash, yordamga muhtoj shaxslarga g’amxo’rlik qilish kabi yo’nalishlarda behisob targ’ibot ishlari olib borildi.

Bunday din xizmatchilarimiz mana shunday o’ta og’ir davrda va turli tabiiy ofatlar tufayli elu yurtimiz boshiga tushgan sinovlarning oqibatlarini bartaraf etishda haqiqiy jonbozlik ko’rsatganlari ulkan  tahsinlarga va beqiyos  tashakkurlarga  loyiqdir!

Natijada, matonatli xalqimiz kovid vabosi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir” degan oyati karimaga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bo’lib, insonparvarlik va mehr-oqibatlilikning yuksak namunasini butun (!) dunyoga ko’rsatdilar.

Diniy sohamizda mehnat qilayotgan fazilatli insonlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo’llab-quvvatlash, xayriya mablag’larini to’g’ri yo’naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga ko’mak berish, og’ir sharoitdagi odamlarni sabr-toqatga chaqirish, ularning ko’nglini ko’tarishdagi fidoyiliklari har  qanday  maqtovga  loyiqdir! Zero, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Yaxshilikning mukofoti – faqat yaxshilikdir”,  – deb xushxabar bergan.

Qayd etish lozimki, sinov ketidan sinovlar bo’lgan – kasallik va tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yo’lida diniy sohamiz xodimlari ishtirokida jonliqlar so’yilib, najot so’rash namozlari ado etilgani, xatmi Qur’onlar, duoyu tazarrular, istig’forlaru salavoti shariflar aytilgani eng ulug’vor ishlardan bo’lganini alohida e’tirof etishimiz kerak.

Alloh taboraka va taolo insonlarni sinovli kunlarda sabr va qanoatli bo’lishga da’vat etib, Qur’oni karimda 94-surasining 5-6-oyati karimalarida “Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga engillik bordir”, – deb marhamat qiladi. Chindan ham, har qanday tashvish ortida engillik borligini COVID-19 kasalligidan sog’ayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimizning yordami ila o’z hayotini yangitdan yo’lga qo’yib olgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar.

Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona engib o’tishda diniy sohamiz xodimlarining pandu nasihatlari, ibratli o’gitlari va ezgu tashabbuslari  juda  ham  katta  ta’sir  ko’rsatdi.

Muhtaram Yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashda faollik  ko’rsatganlarga tashakkur bildirib, keng jamoatchilik vakillari qatorida qadri baland muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimizni ham alohida esga olganlari diniy soha xodimlari mehnatlariga berilgan yuqori bahodir!

Karantinning eng-eng ashaddiy qiyin kunlarida xam xalqimizning salomatligini o’ylab, farovonligini ko’zlab davlatimiz, hukumatimiz chiqargan barcha topshiriqlarini muqaddas dinimiz ravnaqi, masjidu madrasalarimiz obodligini mo’ljallab, mo’min-musulmonlarimizni manfaatlari uchun batafsil etkazishda kechayu-kunduz beg’araz va beminnat xizmatlari bilan, diniy sohamizdagi barcha xodimlarimizga o’zlarining bevosita ko’mak va ulkan yordamlari bilan fidokorona xizmat qilayotgan Din ishlari bo’yicha qo’mitadan kelayotgan barcha muhim tavsiyalarni sohamiz xodimlariga onlayn ham, oflayn ham o’zlarining qimmatbaho yo’l-yo’riqlari bilan etkazayotgan Diniy idoramiz raislariga nafaqat mamlakatimiz xalqi tahsinlar aytdi, balki xalqaro darajada ham O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy hazratlari tan olinib, “Dunyodagi eng nufuzli 500 musulmon ro’yxati”dan o’rin oldilar.

Karantinning eng qiyin paytlarida ham qahramonona, jonini Jabborga berib, 24 soatlab, haftalab tinmay, beminnat xizmat qilgan shifokorlarimiz va huquq-tartibot xodimlaridan sira ham qolishmasdan xizmat qilgan diniy sohamiz xodimlarini dono xalqimiz nihoyatda yaxshi bilar ekan… Ta’kidlash joizki, xalqimiz tomonidan mana shunday ulug’vor ishlari uchun xali-xaligacha juda ham ko’p minnatdorliklar kelib tushmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali ham mamlakatimiz fuqarolari tomonlaridan alohida rahmatnomalar hanuzgacha izhor qilinmoqda. Ayniqsa, mana shunday samimiy, chin dildan yozilgan maktublarda O’zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, xususan Muftiy Usmonxon Alimov hazratlariga alohida dil so’zlari bitilgan. Idoramizning barcha xodimlaridan xalqimizning minnatdorligini mo’min-musulmonlarimizdan kunda-kunaro kelayotgan tashakkuru rahmatnomalaridan bilish mumkin.

O’z navbatida biz ham mana shunday ulug’vor ishlarda boshchilik qilgan – Qoraqalpog’iston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamshetdin domla Bauatdinov, Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Jobir domla Elov, Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonali domla Jabborov, Navoiy viloyat bosh imom-xatibi Toirjon domla Ro’ziev, Namangan  viloyati bosh imom-xatibi Abdulhay domla Tursunov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulla domla Zokirov, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Cayfiddinov, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi marhum Xayrulla domla Turmatov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov, Farg’ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydullo domla Abdullaev, Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullaev va Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi Raxmatullo domla Usmanov larga va mazkur katta ustozlar bilan birga xizmat qilayotgan ustozlar – muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimizning har birlariga ham ko’pdan-ko’p  tashakkurlar va chuqur  minnatdorlik  bildiramiz!

Pandemiya davrida oliy va o’rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida ham o’quv va ta’lim jarayonlari tinimsiz davom etdi, shuning uchun Toshkent islom instituti rektori Uyg’un G’afurov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Haydarxon Yuldashxodjaev, Hadis ilmi maktabi rektori Olimjon Yusupov, “Ko’kaldosh” islom bilim yurti mudiri Muhammadamin Nasriev, “Mir Arab” islom bilim yurti mudiri Jamol Mavlonov, “Xoja Buxoriy” islom bilim yurti mudiri O’tkir G’uzorov, “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti mudiri Rustam Maxmudov, “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” islom bilim yurti mudiri Shamsiddin Bauatdinov, “Hidoya” islom bilim yurti mudiri Abdulaziz Bobamirzaev, “Faxriddin ar-Roziy” islom bilim yurti mudiri Davronbek Abduqodirov, “Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar islom bilim yurti direktori Azizxo’ja Inoyatov, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom bilim yurti direktori Nozimaxon Ibragimova, “Imom Termiziy” islom bilim yurti mudiri Shukrullo Umarov larga cheksiz tashakkur aytamiz!

Andijon viloyati Andijon shahri “Abu Xurayra” jome masjidi imomi Sharofiddin Musaev, Farg’ona viloyati Oltiariq tumani “Oq do’ppi Eshon” masjidi imom-xatibi Muhammadamin Abduhamidov, Farg’ona viloyati Buvayda tumani “Eshon bobo” masjidi imom-xatibi Tolibjon Ergashev, Surxondaryo viloyati Denov tumani bosh imom xatibi va “Abu Xanifa” masjidi imom-xatibi Dilmurod Davlatov, Termiz shahar bosh imom-xatibi Nizomiddin Choriev, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi “Sulton Mirxaydarbobo” ziyoratgohi direktori Ulug’bek Amirov, Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani “Hazrati Mirijanda” jome masjidi imom-xatibi Anvarjon Ganjiev, Xorazm viloyati Bog’ot tumani “Xo’jabobo” jome masjidi imom-xatibi Ergashboy Otajonov, Toshkent shahridagi “Katta Qozirobod” jome masjidi imom-xatibi, shahar bosh imom-xatibi o’rinbosari Abduqahhor Yunusov, “Hazrati Imom” jome masjidi imom-domlalari Xabibulloh Abdurazzakov, Muhammadabdulloh Baxromov, Abrorxon Sayfidinov, Ismoiljon Qurbonov, “Al-Badr” jome masjidi imom-xatibi Odiljon Xolmurodov, “Ubay ibn Ka’b” jome masjidi imom-xatibi Abdulxakim Matqulov, “Pul emas ota” masjid imom-xatibi Xabibulloh G’aniev, “To’ra Buva” jome masjidi imom-xatibi Shovkatbek Xamdamov, “Masjidus salom” imom-xatibi Muzaffar Kamolov, “Xoja Ahrori Valiy” jome masjidi imom-xatibi Isomiddin Axrorov, “Baland masjidi” imom-noibi Ma’rufjon Norqulov, “Do’mbirobod” jome masjidi imom-domlasi Muhammadnazar Qayumov, “Muhammad Umar o’g’li Zokir” masjidi imom noibi Qahramonjon Xo’rozov, “Oltin tepa” jome masjidi imom-domlasi Islomiddin Zuxriddinov, “Shayx Ziyovuddinxon” jome masjidi imom-domlasi Erdonbek Esanov, “Yakkasaroy” jome masjidi imom noibi Dilmurod Raximov lar esa o’z xududlarida fidoyilarcha xizmatlari bilan xalqimizning ko’nglidan joy topib, rahbarlarning ham rahmatlariga sazovor bo’ldilar.

Ta’kidlash joizki, muhtaram va hurmatli fazilatli ulamolarimizning va diniy soha xodimlarining mehnatlarini qadrlash Yangi O’zbekistonda din sohasi va imom-domlalarga berilayotgan yuksak e’tiborning yana bir bor yaqqol namunasidir. Taraqqiyotimizning yangi davrida muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida Islom dini ma’rifatini keng tarannum etish, masjid-madrasalarni obod etish va ulamolarni, imom-domlalarni munosib qadrlash yo’lida juda ham katta ishlar amalga oshirilayotganidan, albatta, hammaning xabari bor.

Bugungi tarixiy o’zgarishlar va voqealarni hammamiz ko’rib, eshitib, bevosita guvohi bo’lib turibmiz… Bularning zamirida Yaratgan Parvardigori olamning irodasi ila bir yoqadan bosh chiqarib samarali mehnat qilishimiz hamda Davlatimiz Rahbari atrofida jipslashib yorqin kelajak va yuksak taraqqiyot sari dadil sa’y-harakatlarimiz mujassamdir.

E’tirof etish kerakki, joriy yilda ketma-ket kelgan sinovlarni mardona engib o’tishda diniy soha vakillari ham ulkan hissa qo’shmoqda. Ayniqsa, xalqimiz orasida katta obro’-e’tibor qozongan muhtaram va hurmatli fazilatli ulamolarimiz barchani sabr-bardoshga, o’zaro mehr-oqibatli, ahil va hamjihat bo’lishga da’vat etuvchi o’zlarining ta’sirchan so’zlari va chiqishlari bilan yurtdoshlarimiz qalbida ertangi yorug’ kunlarga katta ishonch tuyg’usini mustahkamlaganlariga barcha guvoh bo’ldi.

Darhaqiqat, Islom dinining ezgu ta’limotlarini keng tarannum etish va Haq taoloning diniga xizmat qilish savobi ulug’ amallardan hisoblanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda O’z diniga xizmat qiluvchilarni shunday madh etadi: “Ey, imon keltirganlar! Agar sizlar Allohga yordam bersangiz (dinining rivoji uchun harakat qilsangiz), U ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur” (Muhammad surasi 7-oyat).

Janobi Payg’ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o’zlarining muborak hadisi shariflarida: “Odamlardan bo’lgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qila olmagan odam Xudoga ham shukr qilaolmaydi”, – deb marhamat qilganlar. Dono xalqimiz esa: “Yaxshiga qilsang yaxshilik – ham aytadi, ham qaytadi. Yomonga qilsang yaxshilik – na aytadi, na qaytadi”, – deb bejizdan bejiz aytmagan.

O’zini jonini ham, oilasini salomatligini ham Xudoga topshirib, o’ta katta va jiddiy xavf-xatarni ham chetga surib, jonini ham, molini ham xalq uchun fido etgan HAR BIR IMOM-DOMLAMIZGA behisob  tashakkurlar aytamiz!

Chuqur qayg’u bilan qayd etamizki, bu kasallik tufayli ko’pgina yurtdoshlarimiz qatorida etuk ulamolarimiz, tajribali imom-domlalarimiz va jonkuyar diniy soha xodimlarimiz ham bu dunyodan o’tdilar… To’g’ri, bu hayotda o’rni o’zgarmaydiganlar, albatta, yo’q… Lekin o’rnini hech kim bosa olmaydiganlar BOR! Ular quyidagilardir. Bugun biz o’zlarining benazirliklari bilan xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan quyidagi din xizmatchilari – ustozlarni alohida esga olishimiz lozim…

Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani “Dardoq” jome masjidi imom-noibi To’ychiev G’ayratjon domla;

Namangan shahar “Homiddin qori” jome masjidi imom-noibi Ismailov Adhamjon domla, “Abdurazzoq qori” jome masjidi imom-noibi Xojiev Ahadxon domla;

Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Navbahor” masjidi imom noibi  Abdurahmonov Qo’chqor domla, Zarbdor tuman “Keriz” masjidi imom-xatibi  O’tamurodov Qodirqul domla;

Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani “Xo’ja Abdul Varroq at-Termiziy” masjidi imom xatibi Hasanov Shoxnazar domla, Denov tumani “Imom Buxoriy”  masjidi imom-xatibi Toshboev Panji domla;

Toshkent shahri Olmazor tumani “To’xtaboy” masjidi imom noibi Bahramov Ahmadulloh domla, Shayxontohur tumani “Baland” masjidi imom noibi Ismailov Habibulloh domla, Bektemir tumani “Alibek” masjidi imom noibi Ibragimov Ahmadjon domla, Yakkasaroy tumani “Rakat” masjidi sobiq imom-xatiblari, faxriy imomimiz, taniqli katta ulamomiz Hamdamov Abdulloh domla;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumani “Hakim Sulaymon” jome masjidi imom noibi Mamutov Muhammadali domla, Qoziyot hisobchisi Ametov Rembergen domla;

Buxoro viloyati sobiq bosh imom-xatiblari Nurillaev Mansurjon domla;

Samarqand shahar “Xo’ja Zudmurod” jome masjidi imom-xatibi Melikov Mustafoqul domla, “Abdulloh ibn Abbos” jome masjidi imom-xatibi Davronov Abdurahmon domla, “Shohi Zinda” jome masjidi imom-xatibi Islomov Nuriddinxon domla;

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Turmatov Xayrullo domla, Oqqo’rg’on tumani “Erbo’ta qozi” masjidi imom noibi Boyxonov Ismoilxon domla, Bekobod tumani “Turkman” jome masjidi imom noibi Erkaev Rahmonberdi domla;

Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani “Eski qo’rg’on” masjidi imom-xatibi  Ismatillaev Tohirjon domla;

Xorazm viloyati vakilligi huquqshunosi Jumaniyozov Baxtiyorjon domla;

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani “Paxtaobod” jome masjidi sobiq imom-xatibi Suyarov Abdurahmon domla;

Farg’ona viloyati Dang’ara tumani “Muhammadsaid xo’ja” jome masjidi imom-xatibi Ahmedov Sherzodjon domla;

Tabarruk ustoz Ubaydulla domla Uvatov, yirik mufassir Shayx Alouddin Mansur hazratlari, zabardast olim Dovudxon domla, mutasavvif ulamo Olimxon domla va “Ko’kaldosh” madrasasida uzoq yillar samarali xizmat qilgan Abdusalom domla kabi ustoz ulamolarimiz bu foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat etdilar, ularning oxiratlari obod, joylari jannat bo’lsin!

Mehribon Parvardigorimiz bu qiyin davrda mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o’z hayotini xavf-xatar ostiga qo’yib, jasorat va matonat namunasini ko’rsatgan va vafot etib, shahidlik maqomiga etishgan mazkur ulamolarimizning yotgan joylarini keng, nurli etib, barcha solih amallarini o’zlariga hamroh aylagan bo’lsin! Ilohim O’zi rozi bo’lib, Naim jannatlari bilan siylasin!

O’z faoliyatining ma’no-mazmunini muborak dinimiz, jonajon xalqimizga, ona-Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishda, deb bilgan bu fidoyi insonlarimizdan ulkan va boy ma’naviy meros qoldi… Zikr etilgan aziz insonlar dinimiz ta’limotlarini doimo tarannum etadigan, xalqimizning qalbi va ongi uyg’oq, vatanparvar farzandlari sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlarning doimiy ishtirokchisi va targ’ibotchisi edilar… Ularning oilalari va yaqinlariga, muxlislariga O’zbekiston musulmonlari idorasi butun xalqimiz, mo’min-musulmonlarimiz nomlaridan ezgu duolarni qilib qoladi…

Bir oddiygina kichik qo’l soatida ham, uyimizdagi televizorda ham, qo’limizdagi telefonimizda ham, eng katta kompyuterda ham, eng oxirgi rusum avtomobilida ham, bir necha tonnalik samolyotda ham, Er sayyorasidan ko’tarilib koinotga borib-kelayotgan necha ming tonnalik kosmik kemalarda shunday bir qism, bo’lakchalari bor-ki, u qismlarsiz mazkur “mo’’jiza”lar ishlolmay qoladi. Aslini olganda, u bo’lak-qismlar ko’zga ko’rinmaydi ham… Ular e’tiborsiz-u, lekin ularsiz soat va televizor ham, telefon va kompyuter ham, avtomobil va samolyot ham, xatto insoniyatni lol qoldirayotgan bahaybat kosmik kemasi ham ishlamasdan qotib qoladi! “Mo’’jiza”larning eng kattasi va eng ulug’i bo’lgan Inson organizmida ham mana shunday “qism-bo’laklar” mavjud.

Har bir korxona-tashkilotlarda ham huddi shu kabi “qism-bo’laklar”ni vazifasini ado etadigan odamlar, katta-kichik xodimu xizmatchilari bor!!! Ular o’zlarini hadeb bildiravermaydilar… Lekin o’z ishlarini nihoyatda chiroyli va namunali etib, to’la-to’kis va mukammal qilib, dinu diyonat bilan, halolu pok, insofu vijdon bilan bajaradilar. Shunday insonlarga o’zlarini “ko’rsatish”larini yo (hozir “moda”ga aylanib qolgan) internetga “chiqish”larini taklif etsangiz, hammalaridan yagona javob eshitasiz. O’zlarini tortib, uyalib, chuqur hayojonlanib: “Xudo bilsa, bo’ldi… Bilsa – baliq, bilmasa – Xoliq,” – deb qo’yadilar xolos.

Mana shunday insonlar bizning sohamizda son-sanoqsiz darajada ko’p! Lekin ularni mashaqqatli va sermahsul mehnatlarini, beqiyos va olijanob xizmatlarini Yaratganimizdan tashqari, rahbarlarimiz ham, dono xalqimiz ham juda yaxshi biladi!

Bugungi murakkab va sinovli davrda xalqimiz va dinimiz xizmatida bo’lib turgan qadrli va tabarruk ulamolarimiz, muhtaram va hurmatli imom-domlalarimiz, aziz va qimmatli mudarrislarimiz, mushtipar va munis otinoyilarimiz, masjid-madrasalarimiz bebaho va mehnatkash xodimlari hamda sevimli va suyukli talabalarimizga Mehribon Parvardigorimiz Alloh taboraka va taolodan sihat-salomatlik, shodu hurramlik va ikki dunyo saodatini so’raymiz!

Jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, muborak dinimiz rivoji hamda dono xalqimiz salomatligi va farovonligi yo’lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar ato etishini Mehribon Parvardigorimizdan iltijo qilib qolamiz!

El-yurtimiz ravnaqi va dini Islom ma’rifati yo’lida kunni tunga, tunni kunga ulab, o’zining bor kuch-qudrati va aql-zakovatini ayamasdan, sidqidildan, fidoyilarcha, xolisona hamda ulkan mehr ila xizmat qilib kelayotgan sizlardek mo’’tabar insonlarni tarbiyalab, voyaga etkazgan OTA-ONALARINGIZGA  MING-MING-MING RAHMAT! Barcha ota-onalarga ham Parvardigori olam ana shunday farzand tarbiyalab, kamolga etkazishni nasib aylasin!

Iloho jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, dinimiz kamoli, masjidu-madrasalarimiz obodligi uchun muhtaram Yurtboshimizni dono rahbarliklari ostida hukumatimiz, Diniy idoramiz tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar va tuman rahbarlarining boshchiliklaridagi mehnatkash xalqimiz olib borilayotgan barcha xayrli, yaxshi, savobli ishlarda Alloh taolo O’zi madadkor bo’lsin!

Ilohim o’zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, Janob Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o’tmishda o’tganlarimizni ro’hlari shod bo’ladigan, xalqimiz xursand bo’ladigan, ota-onalarimiz rozi bo’ladigan yo’llardan yurishimizni nasib etsin!

 

Ibrohimjon INOMOV,

O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari

 

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*

code