​SPORT BILAN KOMILLIK SARI...
Muallif: Админ
Sana: 02.04.2018
1400


Sport bilan doimo hamohanglik va uyg‘unlik barkamol avlod kamolida munosib yetakchi o‘rin egallashi hech kim uchun sir emas. Buni teran anglagan holda talaba yoshlarimizni sog‘lom va ma’nan yetukligi yo‘lida yordamchi vazifasini o‘tash maqsadida bilim yurtimizda “Millionlar o‘yini” deya nom olgan futbol musobaqasi tashkil etildi.
“Sport bilan komillik sari” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu bellashuvda bilim yurti talabalari qiziqarli va murosasiz tarzda o‘yin olib bordilar. Ushbu musobaqa sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazildi. Musobaqada 60 dan ortiq talaba ishtirok etdi. 9 gurux o‘rtasida o‘tkazilgan bahslar ajoyib gollarga boy tarzda kechdi. G‘oliblik shoxsupasini egallash 1-B guruh talabalariga nasib etgan bo‘lsa, 2- o‘ringa 1-A guruh talablari munosib ko‘rildi. 1-V guruh talabalari esa 3- o‘rin bilan kifoyalanishdi. Ushbu musobaqa talabalarimizda o‘zaro hurmat, do‘stlik va birdamlik, jamoani har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlash kabi xislatlar shakllanishida muhim dasturulamal vazifasini o‘tab berdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Musobaqa yakunida esa g‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek “Eng yaxshi futbolchi”, “Eng yaxshi darvozabon” va “Eng chiroyli gol” nominatsiyalari bo‘yicha ham alohida taqdirlash bo‘lib o‘tdi.
Bundan keyin ham ana shunday sport tadbirlarni muntazam o‘tkazishga kelishib olindi.
G‘olibjon Xidirov
Xoja Buxoriy o‘rta maxsus
Islom bilim yurti o‘qituvchisi

Админ