​“Qur’oni karim va tajvid” fani bo‘yicha navbatdagi pullik o‘quv kursi boshlandi
Muallif: Админ
Sana: 16.10.2020
37

“Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 2020 yil 15 oktyabrdan “Qur’oni karim va tajvid” fani bo‘yicha navbatdagi pullik o‘quv kursi boshlandi.
Mazkur o‘quv kursi tinglovchilari bilan o‘qish tartib-qoidalari va karantin talablariga qat’iy rioya qilish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bilim yurti mudiri O‘. G‘uzarov masalalar yuzasida kerakli tavsiyalarni berdi. Jumladan, berilgan topshiriqlarni vaqtida bajarish, darslarni mukammal o‘zlashtirib borishlari, oraliq masofani saqlash, doimo tibbiy niqobda bo‘lish, o‘zida biror bir bemorlik alomatlarini sezsa darhol tibbiyot xodimlariga murojaat qilishi va darslarga ishtirok etmay turishligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda o‘quv kursi tinglovchilari dars borasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bilim yurti matbuot xizmati

Админ