Madrasalarda qabul imtihonlarini o‘tkazish kunlar belgilandi
Muallif: Админ
Sana: 13.09.2020
461

Pandemiya sharoitida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, quyidagi hududlardagi ochiq maydonlarda o‘tkaziladi:

- “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Turon” markaziy stadioni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri;

- “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi asosiy stadioni 1A-binosida – Andijon shahar, 3-kichik daha, Mashrab ko‘chasi;

- “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Navbahor-umid stadioni – Namangan shahri, 5-kichik tuman;

- “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Nasaf” futbol klubi mashg‘ulotlar maydoni – Qarshi shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 5-uy;

- “Mir Arab” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy;

- “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Buxoro sport majmuasi stadioni – Buxoro shahar, Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 9-uy, “Dilkusho” tennis stadioni – Buxoro shahar, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy;

- “Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Xorazm sport majmuasi – Urganch shahar, Baynalmilal ko‘chasi 18-uy;

- “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Surxon” sport majmuasi zaxira futbol maydoni – Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 43-B uy;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ta’lim muassasalari bo‘yicha test sinovlari 2020 yil 16 sentyabr kuni soat 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga soat 15:30 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi.

- “Ko‘kaldosh” va “Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun “Ashxabod” sayilgohi maydoni – Toshkent shahar, Yashnabod tumani, maxtumquli ko‘chasi.

Mazkur ta’lim muassasalari bo‘yicha test sinovlari 2020 yil
17 sentyabr kuni 1-smena bo‘yicha soat 08:00 da, 2-smena bo‘yicha 17:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarga soat 1-smena bo‘yicha soat 06:00 da, 2-smena bo‘yicha 15:00 da pasport va DTM ruxsatnomasi bilan kelishlari talab etiladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda, abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi. Shuningdek, abituriyentning qaysi smenada test sinovlari topshirishi DTM ruxsatnomasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Abituriyentlar karantin talablaridan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda test sinovlariga kiritiladi:

- dizenfeksiya tonnelidan o‘tkaziladi;

- tana harorati masofadan o‘lchash qurilmasi orqali o‘lchanadi;

- tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanadi.

DTM ruxsatnomasini qay tartibda olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi

Админ