​RAMAZON HAYITI 24 MAY KUNI NISHONLANADI
Muallif: Админ
Sana: 21.05.2020
337

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil muborak Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 24 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 24 may, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Админ