Ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beruvchi Koll-markaz tashkil etildi
Muallif: Админ
Sana: 26.04.2020
306

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning telefon orqali yo‘llangan ro‘za tutish bilan bog‘liq barcha shar’iy masalalariga ulamolarning tunu kun javob berish tizimi joriy etildi.

Mo‘min-musulmonlar shu yilning 26 apreldan 23 mayga qadar haftada yetti kun, kunda 24 soat davomida o‘zlarining ro‘za tutish bilan bog‘liq shar’iy savollariga javob olishlari mumkin bo‘ladi (ibodat vaqtlaridan tashqari).

Buning uchun 24 soat davomida quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini tavsiya etamiz: 99-050-18-57, 99-055-39-75.

Alloh taolo mo‘min-musulmonlarimizga rushdi hidoyat, ulamolarimizga kuch-quvvat ato etsin.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Админ